Teshikqopqa qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Teshikqopqa qabristoni koʻrinishi

Teshikqopqa qabristoni[1] (Teshikqopqa koʻchasi, 173) – Toshkent shahrida joylashgan qabriston. Maydoni 8,15 gektardan ortiqdir. 1870-yildan beri mavjud. Qabriston nomi shahar mudofaa devorida Darveshxon tomonidan XVI asrda oʻrnatilgan qopqa (1 otliq oʻtishi mumkin boʻlgan darvoza) bilan bogʻliq. Shuning uchun uni Darvishakqopqa deb ham atashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Teshikqopqa qabristoni“. Shosh. Qaraldi: 2018-yil 10-avgust.