Tbilisoba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tbilisoba (gruzincha: თბილისობა) — har yili nishonlanadigan, oʻrim-yigʻim va Tbilisi shahriga bagʻishlangan milliy bayram boʻlib, anʼanaviy tarzda Gruziya poytaxtida oktabr oyining birinchi dam olish kunida nishonlanadi[1]. Bu vaqtda shaharda yarmarkalar, namoyishlar, konsertlar va sport tadbirlari tashkil etiladi[1][2]. Shuningdek, taniqli sanʼat va sport arboblarini "Tbilisining faxriy fuqarosi" unvoni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi[1].

Bayram birinchi marta 1979-yil 28-oktabrda nishonlangan va oʻshandan beri, har yili nishonlanib kelinmoqda, 1990-yillar boshidagi siyosiy beqarorlik davri bundan mustasno[3].

2010-yillarning boshlarida bayram Gruziya madaniyati festivali sifatida sobiq SSSRning ayrim mamlakatlarida ham nishonlangan: Rossiyada[4], Belarusiyada[5], Ukrainada[6]. Misol uchun, Moskvada 2016-yil oktabr oyida oltinchi marta ketma-ket nishonlangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]