Tarkan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Tarkan cropped.jpg

Tarkan Tevetoğlu (1972, 17 oktabrda tugʻilgan) turk pop qoʻshiqchisidir.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

Tarkan Tevet o’g’li 1972 – yil 17 oktyabrda Germaniyaning Mayn daryosi bo’yida joylashgan Frankfurtdagi uncha katta bo’lmagan Elzee shahrida tug’ilgan. Bo’yi 1,74 sm. Vazni 70 kg. Oilasi ota – onasi, ikki akasi va ikki nafar opasi va singlisidan iborat. Musulmon. Istanbul, Tibet va Bali shaharlarida bo’lish unga judayam yoqadi. Xonandalardan Madonna, Jeyms Braun, Stivi Uander, Prins, Eminemlarni miriqib tinglaydi. Shuningdek, tong saharlab Mosartni, tushlik paytida esa “Metallika” ni tinglab tanovul qilishni xush ko’radi. Al Pachino, Bred Pitt, Nikol Kidmanlar ishtirok etgan filmlarni imkon qadar kuzatib borishga intiladi.

Kiyim – kechak tanlashda injiqlik qilmaydi, oziq – ovqatlarni ham tanlamay iste’mol qiladi. Narvonga chiqishga to’g’ri kelib qolsa, yahshisi tomdagi “o’lja” dan voz kechib qo’ya qoladi. Ijoddan tashqari paytlarda erkaklar va ayollar parfyumaeriyasi savdo – sotig’i bilan mashg’ul bo’ladi.

Tarkanning ota – onasi – Neshe xonim va Ali Bey Elzeda ijara uyda turar va zavodda ishlardi. Neshe xonim kunlarning birida baxtsiz hodisa tufayli avtohalokatga uchraydi. Bu paytda ayol homilador edi. Rafiqasini zudlik bilan shifoxonaga olib brogan Ali Beyga shifokor – ginekolog Neshe xonimning homilasi abort qilinishi zarurligini, aks holda, chaqaloq majruh tug’ilishinin ma’lum qildi. “Bo’lmagan gap – dedi Ali Bey xotirjamlik bilan, - mana, ko’rasiz, hammasi yahshi bo’ladi”. Baxtsiz hodisa yuz berishidan bir nicha kun avval Ali Bey tushida o’g’il ko’rgandi, o’g’li sog’lom, o’tkir ovozli, bir so’z bilan aytganda, bo’lajak xonanda edi. “Hayotimdagi eng baxtsiz hodisa tug’ilishimgacha bo’lgani rost bo’lsin”, - deydi Tarkan, Tarkanning ota – onasi hamisha rostgo’y bo’lishga, ich – ichidan qaynab chiqayotgan shirali ovozini jon qulog’i bilan tinglashga o’rgatdi. “Olti farzandning beshinchisiga shu qadar katta e’tibor ko’pchilik ota – onalarga xos emas”, - deydi xonanda. Tarkanning bolaligi futbol tomosha qilish bilan o’tgan. 10 yasharligida shaharchadagi futbol klubi a’zosi bo’lishga erishgan. Futbolchi bo’lmasa, veterinar yoki ekolog bo’lishi mumkin edi, chunki tabiatni asrab – avaylashga tengdoshlari orasida eng ko’p qayg’uradigani u edi.

Karamurzel shahrida uyi va bog’i bo’lishini orzu qilgan Ali Beyning harakatlari zoe ketmadi. U tadbirkor savdogar bo’lishi bilan birga nozik qalbli dizayner ham edi. Peshona teri bilan topgan jamg’armasi evaziga Karamurzeldan o’zi istagandek ko’rkam uy sotib oldi, oilasini ko’chirib kelganida, o’g’li Tarkan 14 yashar edi. Bu yerda Tarkan mashhur bastakorlar saboq beradigan musiqa maktabiga qatnay boshladi. Bu orada Tarkan muhandislik kasbini egallash uchun ikki do’sti bilan Istambulga, alohida ijara uyga ko’chib o’tdi. Biroq fakultet imtihonlarini muvaffaqiyatli topshira olmadi.

[tahrir] Faoliyat

[tahrir] 1991-1999

Tarkan Istanbul Studiyasining sohibi Mehmet Soğutoğlu bilan, doʻsti Alpay Aydin orqali tanishti. Istanbul Studiasida 1992-yil birinchi alboʻmi "Yine sensiz"(yana sensiz)ni chiqardi. Bu alboʻmdagi "Kil oldum abi" qoʻshigʻi qisqa vaqt ichida tinglovchilar tarafidan juda mashxur boʻldi. Bu qoʻshiq tufayli Turkiya Tarkanni tanidi. 1994-yil Sezen Aksu bilan birgalikda "A-Acayipsin" (ajoyibsan) alboʻmini chiqardi. Bu alboʻmi bilan Turkiya va Yevropada 24 konsert berdi. Bu albomi 2,5 milliondan ortiq sotilgan.

Keyinroq til oʻrganish maqsadida N'yu Y'orkga ketti. U yerda taniqli Amerika prodyuseri Ahmet Ertegün bilan tanishdi va Atlantic Recordsda yangi ishlar yaratdi. 1995-yil N'yu Y'ork - Palladiumda boʻlib oʻtgan konserti juda katta muvofaqqiyatlar keltirdi. 1997-yil Iyul oyida 3-alboʻmi "Olurum Sana"ni chiqardi. U alboʻm eng koʻp sotilgan alboʻmlaridan biri boʻldi. Oʻsha yili HITT deb nomlangan oʻz musiqa shirkatini qurdi. 1998-yilda Tarkan, Walt Disneyning Gerakl ismli multfilmining turkcha dublajida bosh qahramon Geraklga ovoz berdi.

[tahrir] 2000-2007

Tarkan 2000-yilda 14-yanvar kuni, butun daromati zilziladan keyingi ta'mir ishlari uchun ketgan konsert berish uchun va vatan burji bo'lgan askarlikni ado qilishi uchun Turkiyaga qaytdi. Konsertni berib boʻlgandan koʻp oʻtmay armiyaga ketdi.

2001-yil Tarkanning Kuzu Kuzu singlesining besh hil versiyasi chiqdi. Keyinroq "Karma" alboʻmi chiqdi. Oʻsha yili AQShning eng tanilgan gazetasi Washington Postda Tarkanni Turkiyaning madaniy ihtiyoj moli ekanligi haqida maqola chiqdi. Washington Post, san'atchining Fransiyadan Denmarkgacha jadvallarda yer egallagan va Rossiyada eng ko'p rus boʻlmagan pop yulduzuning sotilgan albomining sohibi boʻlganini ta'kidladi. 2003-yil "Dudu" albomini chiqardi. Bu albomning birinchi qoʻshigʻi Dudu Rossiyada eng yaxshi chetel qoʻshigʻi deb qabul qilindi. 2004-yil Turkiyaning eng katta benzin sotish firmasi bo'lgan OPETning reklamasida rol oldi. 2005-yil "Bounce" deb nomlangan va katta muvofaqiyatlar keltirgan albomi chiqardi. 2006-yil esa Come Closer deb nomlangan albomini chiqardi. U albomdagi Strat The Fire qoʻshigi uchun 2-singlesini chiqardi. Remix va Singlelardan tashqari 6-turkcha albomi boʻlgan Metamorfozni 26-dekabr 2007-yilda chiqardi. Albomning sotish raqami 10 kun ichida 350.000dan oshdi.

2008-yilda Come Closer albomini yangidan chiqarib AQSh va Anglya boshda, butun dunyoda chiqishi kutilyapti. Hozirgi kunda Tarkan Tevetoglu ko'plab qo'shiqlarini yozish bilan band.

[tahrir] Havolalar

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda