Tarixi Gilon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulfattoh Fumaniy “Tarix-i Gilon” (boshqacha nomi: “Futuxot” yoki “Tarix-i Ahmadxon”) degan muhim asar yozgan (1629 y.dan keyin yozilgan). Asarda Eronning muhim o‘lkalaridan hisoblangan Gilonning 1517-1629 yillar orasidagi tarixi bayon etilgan.

Asar olti qism (fasl, maqola) dan iborat. O‘z navbatida har qism boblar (guftor) ga bo‘linadi. Asarda ffeodal munosabatlar, xususan, podshoh yerlarida ishlovchi dehqonlarning ahvvoli haqida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi; 1629 yili Gilonda bo‘lib o‘tgan xalq harakati (Odilshoh qo‘zg‘oloni) batafsil bayoyon etiladi.

“Tarix-i Gilon”ning matni Sankt-Peterburgda (1858 y.) va Rasht (Eron) da 1936 y. nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).