Tarixchi Ibn Arabshox Amir Temur haqida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixchi Ibn Arabshox yozadi: “Hikoya qiladilarki, Temur tug’ilgan kechasi havoda qandaydir uchib yurgan temir qalpoqchaga o’xshash bir narsa paydo bo’lgan. Keyin u keng bo’shliqqa tarqalqalib, yer yuziga yoyilib ketgan emish. Undagi cho’g’ va uchqunga o’xshash narsalar har tomonga sachragan va uyulib, hatto o’troq va badaviy joylarini ham to’ldirib yuborgan emish.

Amir Temur (1336-1405)

Yetti iqlim sultonlarini tashvishlanishga majbur qilgan Muhammad  Tarag’ay Bahodir  o’g’li  Amir  Temur  yoshlik  chog’idan mard, dovyurak, g’ururli, o’tkir zehn va aqlu  idrok egasi  bo’lib  o’sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni  karimni yod oldi. Hadis ilmini o’rgandi.

Bolaligidanoq tabiatan og’ir-bosiq, zehni o’tkir, shoshilmay fikrlaydigan Temurbek dastavval maktabda saboq oldi, savodini chiqardi, ustozlar nazoratida kamon dastasini ushlash, o’q  uzish,  nayza tutish, otlarni saralay olish, shikorlar uyushtirish, chavandozlik va qilichbozlik qilish sirlarini yaxshilab o’rgandi. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temurbek o’n ikki yoshida tengqurlari bilan “poshsho-vazir” o’ynar ekan. Temurbek podsho bo’lar, qolganlarning har biriga bir “mansab” berilar, qamishdan yasalgan  qilich  bilan “gunohkor” odamni jazolab, “yurt” boshqarar ekanlar. O’n ikki yoshidanoq yurt boshqarish havosini olishga intilish kuchli bo’lgan, niyatni katta qilgan.(manba Turdixo’jayeva Mahliyo Muqimovna maqolasi )