Surrealistik musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Surrealistik musiqa - bu kutilmagan surrealizm texnikalaridan foydalanadigan musiqa. Teodor V. Adornoning mulohazalariga qaraganda, Maks Peddison syurrealistik musiqani “uning tarixan qadrsizlangan qismlarini montajga oʻxshash tarzda yonma-yon qoʻyib, ularga yangi estetik birlik doirasida o'zgacha ma’nolar berishga imkonini yaratadigan musiqa” deb ta’riflaydi[1][2]. Anne LeBaron avtomatizmni, jumladan improvizatsiya va kollajni musiqiy surrealizmning asosiy uslublari sifatida keltiradi[3]. Uaytsellning so'zlariga ko'ra, Paddison Adornoning 1930-yildagi "Reaksiya va Fortschritt" inshosidan iqtibos keltiradi: "Syurrealistik kompozitsiya qadrsizlangan vositalardan foydalanganidek, u ularni qadrsizlangan vositalar sifatida ishlatadi va o'lgan paytda paydo bo'lgan "janjal" dan o'z xulosasini oladi va birdan tiriklar orasida paydo bo'ldi"[2].

Ilk syurrealistik musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yillarda bir nechta bastakorlar syurrealizm yoki syurrealistik harakatdagi shaxslardan ta'sirlangan. Bu davrda syurrealizmga katta qiziqish bildirgan ikki bastakor Erik Sati va Jorj Anteyl edi[3]. Erik Sati Guillaume Apollinairening syurrealizm atamasini yaratishiga sabab boʻlgan parad baletining partiturasini yozgan[4].Jorj Anteyl shunday yozadi - “Syurrealizm harakati eng boshidanoq men uchun qiziq bo'lgan. Uning manifestlaridan birida barcha musiqalar favqulotda ajoyib ekani ta'kidlangan"[3]. Hannah Lewisning fikriga ko'ra Ilk syurrealistik musiqa kino bilan bog'liq bo'lgan;

Rene Klerning "Entr'acte" filmi uchun sauntrekt qilib olingan "Entr'acte" musiqasi o'z davrining eng mashhur dastlabki film partituralaridan biri bo'lgan. 1924-yilda "Suédois baletlari" tomonidan ijro etilgan "Relâche" baleti rasmi dadaist rassom Frensis Pikabiyaning dadaizm aks etgan asarlaridan biri edi. Filmda ham g'ayrioddiy qarama-qarshiliklar va tushlar mantig'i aks etgan bo'lib, ba'zilar filmni va qo'shimcha ravishda Satini syurrealistik deb hisoblashadi"[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paddison 1993.
  2. 2,0 2,1 Whitesell 2004.
  3. 3,0 3,1 3,2 LeBaron 2002.
  4. Calkins 2010.
  5. Lewis 2018.

Manbalar

 

Qo'shimcha o'qish[tahrir | manbasini tahrirlash]