Surikat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meercat

Surikatlar(Suricata suricatta) Afrikaning janubida yashaydigan manguslarning kichik bir turidir. U keng boshi, katta koʻzlari, uchli tumshugʻi, uzun oyoqlari, yupqa toraygan dumi va chiroyli moʻynasi bilan ajralib turadi. Bosh va tana uzunligi 24-35 sm atrofida va ogʻirligi odatda 600 grammdan 1 kilogrammgacha boʻlishi mumkin. Yungi och kulrangdan sargʻish-jigarranggacha, orqasida xiyol och va quyuq chiziqlar mavjud. Surikatlarninglarning old tirnoqlari qazish uchun moslashgan va ularning quruq yashash qiyin joylarida omon qolish uchun termoregulyatsiya qilish qobiliyatiga ega. Uchta kichik turi aniqlangan.

Surikatlar jamoaviy hayot kechiradi, har biri 5 km2 (1.9 mi²)gacha hududda yashaydigan, 2 tadan 32 tagacha aʼzosi boʻlgan toʻdalarda yashaydi. Toʻdada ijtimoiy ierarxiya mavjud boʻlib — odatda hukumron boʻlganlargina nasl qoldira oladi va nasl koʻrmaganlar yani boshqa toʻda aʼzolari esa naslga gʻamxoʻrlik qiladi. Koʻpayish yil boʻyi davom etadi. Ularning homiladorlik davri 60-70 kunni tashkil qiladi va 3 tadan 7 tagacha bolalaydi.

Ular toshli joylarda, tosh yoriqlarida va tekisliklarda katta qazilgan inlarda yashaydilar. Ularning inlari odatda diametri 5 m (16 ft) ni tashkil qiladi va 15 ta ga yaqin teshiklari katta tunnellardan tizimidan tashkil topgan. Ularning inlari issiq havoning jaziramasidan saqlanishga yordam beradi.

Surikatlar kun davomida, asosan erta tongda va kech tushdan keyin faol boʻladi. Ular doimo hushyor boʻlib, xavfni sezganlarida yugurgancha inlariga kirib ketadilar. Ular turli maqsadlarda, masalan, yirtqichni koʻrganda signal berish uchun bir-biri bilan muloqot qilishadi va turli xil signallardan foydalanadilar. Asosan hasharotxoʻr surikatlar oʻz oziq-ovqat ratsionida qoʻngʻiz va kapalaklar, amfibiyalar, mayda qushlar, sudralib yuruvchilar va oʻsimliklar mavjud.

Filogenez va evolyutsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Surikatlarning 2 600 — 10 ming yillik tosh qoldiqlari Janubiy Afrikaning turli joylaridan topilgan.

Harakteristikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Surikatning yaqindan ko'rinishi. Katta ko'z qorachiqlariga va ingichka dum
O'tkir, qazish uchun moslashtirilgan old tirnoqlari.
Surikatning bosh suyagi