Steve Jobs (kitob)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

«Stiv Jobs» (inglizcha: Steve Jobs: A Biography) — Apple Inc korporatsiyasi asoschilaridan biri Stiv Jobs haqidagi biografik asar. Kitob amerikalik jurnalist va yozuvchi Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan va Simon & Schuster nashriyotida chop etilgan[1]. Ayzekson kitob ustida uch yilga yaqin ish olib borgan. Bu vaqt davomida u Stiv Jobsning o'zidan 40dan ortiq eksklyuziv intervyu olgan. Bundan tashqari yozuvchi Jobsning 100dan ortiq qarindoshlari, do'stlari va hamkasblaridan ham intervyu olgan[2].

Dastlabki rejaga ko'ra, kitob 2011-yilning 21-noyabr kuni sotuvga chiqishi kerak edi, ammo Jobsning vafoti munosabati bilan kitob 24-oktabr kuni sotuvga chiqarilishi ma'lum bo'ldi[3].

2011-yilning 10-oktabr kuni Sony Pictures "1 million dollardan kam bo'lmagan" pul to'lagani holda kitobni ekranlashtirish huquqini sotib olgani ma'lum bo'ldi[4][5]. 2012-yilning aprel oyida "Sony Pictures" suratga olayotgan filmda Jobs rolini aktyor Jorj Kluni ijro etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqadi[6].Stiv Jobs 3-sinfgacha bir necha marotaba maktabdan xaydalgan so’ng undagi sifat qobilyatlarni ko’rgan maktab direktori uni 4-sinfdan 7-sinfga sakrab o’tishni taklif qilgan bunga Jobsni Ota-onasi qarshi edi.7-sinfga emas 6-sinfga o’tishini xoxlashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Stiv Jobsning rasmiy biografiyasi kelasi yil nashrdan chiqadi“. Infoman.Uz (2011-yil, 13-aprel). 2011-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-noyabr. (Wayback Machine saytida 2011-10-24 sanasida arxivlangan)
  2. „Stiv Jobs haqidagi kitob nashr qilinmasdan turib bestsellerga aylandi“. Infoman.Uz (2011-yil, 21-iyun). 2011-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-noyabr. (Wayback Machine saytida 2011-10-24 sanasida arxivlangan)
  3. „Stiv Jobs haqidagi kitob bir oy avval sotuvga chiqariladi“. Infoman.Uz (2011-yil, 6-oktabr). 2011-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-noyabr. (Wayback Machine saytida 2011-10-17 sanasida arxivlangan)
  4. „“Sony Pictures” Stiv Jobs haqida yangi film olmoqchi“. Infoman.Uz (2011-yil, 10-oktabr). [sayt ishlamaydi]
  5. „Sony приобрела права на экранизацию книги о Джобсе за 1 млн долларов“ (ru). NEWSru.com.
  6. „Stiv Jobs rolini Eshton Katcher o‘ynaydi“. Kun.uz (2012-yil, 2-aprel). 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-aprel. (Wayback Machine saytida 2012-05-07 sanasida arxivlangan)