Sochxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sochxon (Yakro, Yagu) - Koguryoning o'n uchinchi qiroli (270–292). U qirol Junchxon ning ikkinchi o'g'li edi va 255 yilda valiahd shahzoda sifatida tasdiqlangandi. 270-yilda otasi vafotidan keyin taxtga o'tirdi. 271-yilning birinchi qamariy oyida u Usu ismli qiziga uylandi. 280-yilda Sushen xalqi bostirib kirdi va qirol ularni qaytarish uchun ukasi Go Dal-gani yubordi. Dal-ga Dallo qal'asini egallab oldi va uning xo'jayinini o'ldirdi, 600 ga yaqin Sushen xonadonlarini Puyo janubiga ko'chirdi. Qirol Sochxon Sushenning 6 yoki 8 qishlogʻini Dal-gaga berib, "Angukgun" unvoni bilan taqdirladi. Yana unga qo'shin, Sushen va Yangmak qabilalari ustidan nazoratni ham berdi. 286-yilda Sochxonning ukalari Go Il-u va Go So-bal qoʻzgʻolon koʻtardilar, ammo qoʻzgʻolon barbod boʻldi va ular oʻldirildi.

Qirol Sochxon taxtda 22 yil o'tirganidan keyin 292 yilda vafot etdi. U Sochxonvonda dafn qilindi va shunga ko'ra "Sochxon" ma'bad nomini oldi. Uning maqbarasi taxminan 296 yilda Bongsang hukmronligi davrida ko'chmanchi xalqlar Koguryoga bostirib kirganida o'g'irlangan deb hisoblanadi.