Shubert Frans Peter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shubert Frans Peter (1797.31.1, Lixtental, Vena yaqinida — 1828.19.11, Vena) — Avstriya kompozitori, musiqiy romantizmning ilk yirik namoyandalaridan. Qoʻshiq (romans), simfoniya va fortepiano miniatyuralarining yangi romantik turini yaratgan. Oddiy kishilar histuygʻularini aks etgan, chuqur lirizm bilan sugʻorilgan Sh. ijodi badiiy obrazlar samimiyligi, ifoda vositalari soddaligi, xalq va ommaviy janrlar (raqs, qoʻshiq va boshqalar)ga yaqinligi, musiqa tili ohangdorligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha janrlarga murojaat qilgan Sh. qoʻshiq (romans) janriga alohida ahamiyat bergan (600 dan ortiq qoʻshiq, shu jumladan, Gyote, Shiller, Geyne sheʼrlariga musiqa, Myuller asarlari asosida "Goʻzal tegirmonchi qiz", "Qish yoʻli" turkumlari va boshqalar). U, shuningdek, operalar, simfoniyalar, kamer ansambllar ("Forel" nomli fortepiano kvinteti, 1819, 14 torli kvarteti, trio, kvintet va boshqalar), fortepiano asarlari (sonatalar, valslar, ekspromtlar, "Darbadar" fantaziyasi, 1822) va boshqalar yaratgan. Soʻnggi asarlarida dramatik, hatto fojiaviy mavzular koʻproq oʻrin olgan. 9 ("Katta") simfoniyasida (1828) xalq epik obrazlari tarannum etilgan. LA.Kremnev B.G., Shubert(hayotivaijodi), T., 1973.