Shomahsumxon Qorayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorayev Shomahsumxon1865-yili tug‘ilgan, Behbudiy rayoni Shilbiy qishlog‘idan, o‘zbek, quloqqa tortilgan, diniy-imom. 1928-yili davlat majburiyatini bajarmanligi uchun 3 yilga hukm etilgan, jazoni o‘tamagan. O‘zbekistonning turli rayonlarida yashirinib yurgan. Doimiy ravishda aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borganlikda, kolxozchilarni sovet hokimiyatiga qarshi birlashib kurash olib borishga da’vat etib, “Agar biz bir bo‘lganimizda sovet hokimiyati allaqachon bo‘lmagan bo‘lur edi” deb aytganlikda, masjidsa diniy ibodat qilish chog‘ida yaqin orada sovet hokimiyati qulaydi, Musulmonobod tiklanadi deganlikda, magazinda kolxozchilar orasida hukumat a’zolari portretini ko‘rsatib “mana bu kishilar tez orada yo‘q bo‘ladilar, ular bilan biz yashay olmaymiz” deb aytganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 94 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.