Shiva
|
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
|
|
Iltimos, bu maqolani vikipediya qoida va yo'llanmalariga muvofiq bezang. |
|
| Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsil maʼlumot uchun munozarani ko'ring. |
Shiva (sanskrit. शिव, śiva – “mehribon , muruvvatli”) – Braxma va Vishnu bilan birgalikda “ilohiy uchlik” (trimurti)ni tashkil etuvchi oliy tangrilardan biri. Ikki xil borliqqa ega: bir tomondan, tozalovchi vayronkorlik, ikkinchi tomonlama, urush homiysi. Maxamantra (bosh duo): Oum namax Shivayya Oum. Vaqt homiysi, buyuk jangchi va nafsini yenggan zohid. Raqs homiysi sifatida dunyo tartibini boshqaradi. Bir kuni u 10000 donishmand-rishining yoniga borsa, ular unga qarshi yo`lbarsni jo`natadilar, Shiva uni yengib, terisidan yopinchiq qilib oladi. Rishilar ilonni jo`natishsa, uni bo`yniga marjon qilib taqib oladi. Rishilar pakana odamchani yuborishsa, uning ustiga chiqib raqs tusha boshlaydi va shundan so`ng rishilar unga topinishadi. Sochi uzun, ko`k terili, to`rt qo`lli, bo`ynida ilon, boshi uzra yarim oy, yo`lbars terisini yopingan, peshonasida uchinchi ko`zi bor, o`ng qo`lida damaru(do`mbira), chap qo`lida trishula(uch shohli nayza) tutgan, raqs tushayotgan qiyofada tasvirlanadi. Tangrilar amrita tayyorlash uchun Vasuki(Shesha) ilonidan foydalanishayotganda, charchagan ilon dunyoni yo`q qilib yuborishi mumkin bo`lgan zahar chiqarib yuboradi. Dunyoni saqlab qolish uchun Shiva zaharni yutadi va badani ko`k tusga kiradi. Shivaning vahanasi(minib yuradigan jonivori) – Nandin nomli buqa, qurshovi – pramatxa ( ayol dev ) lar. Ismlari: Blotanatx – oddiylar homiysi. Maxeshvara – yaratuvchi. Nataradja – raqs homiysi. Nilagriva – eng ko`k. Ishana. Maxadeva – buyuk tangri. Shiva dunyo qarama-qarshiliklarini aks ettiruvchi tangri bo`lib, shunga muvofiq ikki qiyofaga ega: Shiva Rudra – mehribon, yaxshi qiyofa va Shiva Bxayrava – jangovar, yovuz qiyofa.