Sevgi soysal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sevgi Soysal 1936-yil Istanbulda dunyoga keladi. Uning otasi Saloniklik muhojirlar oilasidan chiqqan Ali Mithat Yenen, onasi esa nemis ayoli Anneliesse Rup bo'lgan. Yozuvchining oilasida olti farzand bo'lib, Sevgi ularning uchinchisi edi. Akasi Kaya Yenen, singlisi Gonul O'ney va ukalari Duygu Aykal, Izzet Yenen va Mine Kazmao'g'li. 1935-yilda otasi Shtutgard texnika universitetining arxitektura va shaharsozlik fakultetini tamomlagach, oilasi bilan Turkiyaga borib joylashadi. Uning bolaligi Anqarada Saloniki ko'chasida va Yangishahar tumanida o'tgan. Sevgi Soysal Anqara qizlar litseyida o'qigan. Keyin esa Anqara Til, tarix va geografiya fakultetida tahsil oladi. Universitetni tamomlamasdan oldin shu yerdagi O'zdemir Nutku bilan tanishadi va u bilan oila quradi. Qo'rqut ismli o'g'li ko'radi. Sevgi Soysal 1976-yil 22-noyabrda vafot etadi.