Semyonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semyonov - TYANSHANSKIY (1906 y.gacha Semyonov) Pyotr Petrovich (1827.2.1, hozirgi Lipetsk viloyati — 1914.26.2, Peterburg) — rus geografi, jamoat arbobi. Peterburg FAning faxriy aʼzosi (1873). Rossiya Geogr. jamiyati vitseraisi (1873— 1914). Davlat kengashi aʼzosi (1897). Peterburg universitetining tabiiyot boʻlimini tugatgan (1848). 1849 y.dan Sharqiy Yevropa tekisligida ekspeditsiya ishlari olib borgan. A. Ritgerning "Osiyo yer bilimi" asarini rus tiliga tarjima qilgan. 1856—57 y.larda Tyanshan (Tangritogʻ) togʻlarini oʻrganib, uning dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzgan, katta balandlikdagi qor chegarasida katta muzlik borligini aniqlagan va buni iqlimning quruqligiga bogʻliq ekanligini toʻgʻri tushuntirgan (Tyanshanni ilmiy urganganidan 50 yil oʻtgach, uning familiyasiga "Tyanshanskiy" deb qoʻshib aytiladigan boʻldi). Markaziy Osiyoni tadqiq qilish boʻyicha yirik ekspeditsiyalarni uyushtirishga S.T. bevosita yordam koʻrsatgan. Rossiya geografiyasiga oid koʻp jildli asarlar yaratishga rahbarlik qilgan, 700 mingga yaqin hasharot toʻplab, kolleksiya tuzgan. Urta Osiyo va Markaziy Osiyo, Kavkaz, Alyaska va Shpitsbergendagi bir necha geografik obʼyektlar; 100 ga yaqin yangi topilgan oʻsimlik va hayvonlar S.T. nomiga qoʻyilgan; Geogr. jamiyati tomonidan S.T. nomli oltin medal taʼsis etilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Memuari, t. 1, 3—4, Peterburg , 1915— 1917 (t. 2 pereizdaniye, pod nazvaniyem Puteshestviye v TyanShan, Moskva, 1946).

Adabiyot[tahrir]

  • Petr Petrovich Semyonov-TyanShanskiy. Yego jizn i deyatelnost, sb., L., 1928.