Sarigul Baxadirova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarigul Baxadirova – qoraqalpoq yozuvchisi , adabiyot tadqiqotchisi , tanqidchi . U 1944-yili Qoraqalpog`iston Respublikasi Qorao`zak tumanida tug`ilgan . O`rta maktabni tamomlab , 1962—1966-yillari Qoraqalpoq davlat pedagogik institutida (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)tahsil oladi. 1967—1970-yillari Toshkentda O`zbekiston Ilimlar Akademiyasining Til va adabiyot institutining aspirantura bosqichida o`qiydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

O`zbekiston Ilmlar Akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi N.Dawqaraev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim , bo`lim boshlig`i, 1991—2007-yillari shu institutning direktori bo`lib ish yuritadi. Sarigul Baxadirova 1976-yildan Qoraqalpog`iston Yozuvchilar kengashiga a`zo bo`lgan.

Ijodiy va ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

U “Ayollar”(1973) , “Turmush sabog`i” (1980) , “Taqdir” , “To`maris va Kir” , “Qanoti qayrilgan shunqor “ kabi povest va romanlar avtori . 1970-yili “Hozirgi qoraqalpoq hikoyalari” mavzusida kandidatlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Sarigul Baxadirova 1985-yili “Folklor va qoraqalpoq prozasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi va professor nomiga sazovor bo`ladi. Uning “Roman va davr”(1978) , “Фольклор и Каракалпакская советская проза” (1984), “Folklor terminlarining qisqacha lug`ati” , “Edige” , “Qoblan” , “ Hozirgi adabiyot haqida o`ylar” (1992) nomli monografiyalari chop etiladi.

Mukofatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarigul Baxadirova - O`zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofati laureati. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Faxriy unvoni bilan taqdirlangan.[1]

  1. Bekbergenova Ziyada. Qaraqalpaqstan Respublikasi jaziwshilari.Tashkent 2011. Extremum press.