Sao-Paolo-fuori-le-Mura Injili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoh Sulaymon tasvirlangan toʻliq sahifa miniatyura. 180-varaq

San-Paolo fuori le Mura Injili (fransuzcha: Bible de Saint-Paul-hors-les-Murs Bible de Saint-Paul-hors-les-Murs) — Bibliyaning suratli qoʻlyozmasi, Karoling Uygʻonish davri kitob sanʼati yodgorligi. San-Paolo fuori le Mura abbatligida saqlanmoqda. Qoʻlyozma, ehtimol, Reymsda yasalhan va 875-yilda taqir qirol Charlz tomonidan Rim papasi Ioann VIII’ga sovgʻa qilingan. Gregory VII qoʻlyozmani San-Paolo Fuori le Muradagi Benedikt abbatligiga taqdim etgan. Va hamon u yerda saqlanadi. U oʻzi saqlanayotgan joyni hech qachon tark etmaydi va juda kamdan-kam hollarda ommaga namoyish etiladi. 1646-yilda qoʻlyozma qayta sahifalangan hamda 1970-yilda qayta tiklandgani.

Muqaddimada rohib Ingobert muallif-ijrochi sifatida koʻrsatilgan (u haqida boshqa hech qanday eslatma saqlanmagan). U Reyms yepiskopi Ginkmarning qarindoshi boʻlgani ehtimol. 337 varaqdagi qoʻlyozmada 24 ta toʻliq sahifali miniatyura (1 tasi yoʻqolgan), 4 ta qonunlar jadvali, 35 ta sahifa yonlariga chizilgan miniatyura, binafsha rangli pergamentda xrizografiya usulida ishlangan va faqat yozuv joyi binafsha rangga boʻyalgan 91 ta bosh harf. 1646-yilda tikilganidan soʻng, varaqlar kesilgan. Hozirda ularning oʻlchami 448×355 mm. Qoʻlyozma ikki ustunda Karoling minuskulida yozilgan, bosh harflar va bagʻishlovlar katta rustik yozuvda bitilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Marko Cardinali (tahrir): La Bibbia carolingia dell’Abbazia di San Paolo fuori le Mura, Edizioni Abbazia San Paolo, Città del Vaticano, 2009-yil.
  • Yoaxim E. Gaehde, „Rimdagi San-Paolo fuori le Muraning Karolingiya Injilidagi shohlar, hikmatlar, Judit va Makkabiylar kitoblaridagi rasmlarning tasviriy manbalari“, Frühmittelalterliche Studien, 1975, 9, p.359-389.
  • Ingo Walther va Norbert Wolf, Codice illustres. Les plus beaux manuscrits enluminés du monde (400-1600), Parij, Taschen, 2001, 504 p. (ISBN 382285963X), p. 102-103.