Sanoq tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sanoq tizimi - sonlarni maxsus belgilar (raqamlar) toʻplami yordamida yozish usuli. S.t.ning pozitsion va nopozitsion koʻrinishlari mavjud. Nopozitsion S.t. rim raqamlari b-n, pozitsion S.t. esa biz oʻrgangan va arab raqamlari (aslida hind raqamlari) deb ataladigan belgilar bilan yoziladi. Pozitsion S.t.da oʻrniga qarab raqamning qiymati oʻzgarib boradi. Mas, 34 soni 4 ta birlik va 3 ta oʻnlikni bildiradi. Agar ularning oʻrni almashtirilsa 43 soni hosil boʻladi. Bu sonda 3 ta birlnk va 4 ta oʻnlik mavjud, yaʼni 3 ning qiymati 10 marta kamaydi va aksincha 4 ning qiymati 10 barobar oshdi. Bunday oʻnlik S.t.dagi sonlarning raqamlari uni 10 lik asos darajalari yigʻindisida tasvirlashning koeffitsiyentlari hisoblanadi. Hisoblash mashinalarida, odatda, G.V. Leybnits taklif qilgan 2 lik S.t. ishlatiladi. Bunday sonlarni tasvirlash uchun 2 ta — 0 va 1 raqamlaridan foydalaniladi. 2 lik S.t.ning ishla-tilishi EHMlar quriladigan ele-mentlarning faqat 2 ta turgʻun ishchi holatda boʻlishi bilan bogʻliq. Bu elementlar kalitlarga oʻxshash boʻlib, ular yozilgan yoki oʻchirilgan holatlarda boʻladi. Uchinchi holat yoʻq. Bu holatlarning biriga 1, 2siga 0 mos qoʻyilsa, bunday elementlarning ketmaketligi 2 lik S.t.dagi songa mos keladi.