Sangloh lugʻati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alisher Navoiy va "Chig'atoy turkiy'' sida ijod etgan shoirlar asarlari bo'yicha tuzilgan lug'atlardan biri Mirzo Mexdixon ( Nizomiddin Muhammad Hoji al-Xusayn as-Safaviy)ning "Sangloh" asaridir. Lug'atga grammatik ocherk ham qo'shimcha qilingan bo'lib u  Maboni ul-lug'at (Til asoslari) deb atalgan.

  Mirzo Mehdihon o'zining "Sangloh" asarini Hijriy 1173( melodiy 1760 yil) yozib tugatgan. Unda Lutfiy , Mir Haydar, Navoiy, Xusayn Boyqaro, Bobur asarlarida qo'llangan turkiy so'zlar fors tilida izohlangan, ular qatnashgan baytlardan keltirilgan. Lug'atga klassik ijodkorlarning asarlaridagi ma'nosini topish qiyin bo'lgan so'zlar jamlangan. Shundan kelib chiqib, Mirzo Mehdixon uni " Sangloh'' deb atagan. Ma'nosi "Toshloq yer" degani.

  Muallif "Sangloh"ning kirish qismida "Chig'atoy turkiy"si,  xususan Navoiy asarlari bo'yicha tuzilgan boshqa lug'atlarni tilga oladi. Uning bu ma'lumoti tufayli "Badoyiu ul-lug'at" "Abushqa"dan tashqari Rumiy, Farog'iy, Nadir Ali,  Mirzo Abdujalil  Nosiriyming bizgacha yetib kelgan lug'atlari bo'lgani to'g'risida xabar topamiz.

  Lug'at 5 juzga bo'lingan: birinchisi belgisiz bo'lib, o'z ichiga "alif" bilan boshlanuvchi so'zlarni qamrab oladi. Ikkinchi juzda boshlanishi ب, ز harfli so'zlar keladi. Uchinchi juzda ع,غ,ظ,ط,س,ش, va  ف harfli so'zlar; to'rtinchi juzda  ق,ك bilan boshlanadigan so'zlar;  beshinchi juzda esa و,ه, ن,ي, ل, harflari bilan boshlanadigan so'zlar beriladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1Tarixiy leksikografiya. Qosimjon Sodiqov.

Toshkent 2013.