Samuel Gallagher

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Samuel Gallagher
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Samuel James Gallagher
Tavallud sanasi 15-sentyabr 1995-yil (1995-09-15) (28 yosh)
Tavallud joyi Crediton, Angliya
Boʻyi 1.94 m[1]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Blackburn Rovers
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006—2012 Plymouth Argyle
2012—2013 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2019 Southampton 22 (1)
2015—2016Milton Keynes Dons (ijara) 13 (0)
2016—2017Blackburn Rovers (ijara) 43 (11)
2017—2018Birmingham City (ijara) 33 (6)
2019 Blackburn Rovers 130 (27)
Milliy terma jamoa
2013

Shotlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (1)
2014

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3 (1)
2015

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 23-oktyabr uchun)

Samuel James Gallagher (talaffuzi: Samuyel Jeyms Gallager) (1995-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Samuel Gallagher „Blackburn Rovers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dastlab „Plymouth Argyle“ futbol klubining yoshlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan Gallagher 2012-yilda „Southampton“ klubi safiga qoʻshildi va 2013—2014-yilgi mavsum boshida asosiy jamoaga chaqiruv oldi. U 2017—2018-yilgi mavsumni EFL chempionati vakili „Birmingham City“ futbol klubida ijarada oʻtkazdi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gallagher Angliyaning Crediton shahrida tugʻilgan va dastlab „Plymouth Argyle“ futbol klubining yoshlar akademiyasida oʻynagan.

Southampton[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil aprel oyida Samuel Gallagher „Southampton“ futbol klubi safiga qoʻshildi[2]. Hujumchi 2013-yilning 6-noyabrida Liga kubogi doirasida „Sunderland“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Southampton“ klubining asosiy jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi[2][3]. Keyinchalik Samuel Gallagher dekabr oyida boʻlib oʻtgan Angliya yoshlar kubogida doirasidagi „Portsmouth“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (7:0 hisobida gʻalaba) xet-trik qayd etdi[4]. 2014-yilning 10-mayida Gallagher klub bilan shartnomasi muddatini 2018-yil yozigacha uzaytirildi[5].

„Blackburn Rovers“ futbol klubi bilan muvaffaqiyatli ijara mavsumini oʻtkazganidan soʻng Gallagher 2017-yilning 1-iyulida „Southampton“ futbol klubi bilan yangi yaxshilangan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6].

Milton Keynes Dons (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 29-iyulda Samuel Gallagher Chempionat vakili „Milton Keynes Dons“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi[7][8]. Gallagher 8-avgust kuni „Rotherham United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „MK Dons“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. 2016-yilning 6-yanvarida 15 ta oʻyinda gol ura olmagani uchun „Southampton“ klubi Samuel Gallagherni chaqirib oldi[9].

Blackburn Rovers (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 11-avgustida Gallagher Chempionat vakili „Blackburn Rovers“ klubi jamoasiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[10]. Samuel Gallagher 20-avgust kuni „Burton Albion“ futbol klubi bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda „Blackburn“ klubi uchun birinchi golini kiritdi[11]. 20-oktyabr kuni „Blackburn“ klubining menejeri Owen Coyle toʻqqizta asosiy oʻyinda beshta gol urgan Gallagher bilan doimiy shartnoma imzolash istagini bildirdi[12]. U mavsumni 47 uchrashuvda 12 ta gol bilan yakunladi[13].

Birmingham City (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gallagher 2017-yilning 21-avgustida 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijara asosida boshqa chempionat vakili „Birmingham City“ futbol klubiga qoʻshildi[14]. Samuel Gallagher 26-avgust kuni „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻz uyida 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan „Birmingham“ klubida yolgʻiz hujumchi sifatida oʻynadi[15].

Blackburn Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 13-iyulda Gallagher nomaʼlum toʻlov evaziga „Blackburn Rovers“ futbol klubi ssafiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshildi[16].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Southampton 2013—2014 Angliya Premyer-ligasi 18 1 1 1 1 0 20 2
2014—2015 Angliya Premyer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019 Angliya Premyer-ligasi 4 0 1 0 1 0 6 0
Jami 22 1 2 1 2 0 26 2
Milton Keynes Dons (ijara) 2015—2016 Chempionat 13 0 0 0 2 0 15 0
Blackburn Rovers (ijara) 2016—2017 Chempionat 43 11 2 1 2 0 47 12
Birmingham City (ijara) 2017—2018 Chempionat 33 6 1 1 0 0 34 7
Blackburn Rovers 2019—2020 Chempionat 42 6 1 0 1 1 44 7
2020—2021 Chempionat 39 8 0 0 0 0 39 8
2021—2022 Chempionat 30 7 1 0 1 0 32 7
Jami 111 21 2 0 2 1 115 22
Jami 222 39 7 3 8 1 237 43

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Player Profile Sam Gallagher“. Premier League. 25-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2015-yil.
  2. 2,0 2,1 Errington, Chris. „Former Plymouth Argyle prospect makes debut for Southampton“. The Herald (6-noyabr 2013-yil). 10-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2013-yil.
  3. „Sunderland 2–1 Saints (COC): Report“. Southampton F.C. (6-noyabr 2013-yil). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2013-yil.
  4. „Saints 7–0 Pompey: FA Youth Cup Report“. Southampton F.C. (10-dekabr 2013-yil). 2014-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-dekabr 2013-yil.
  5. „Gallagher extends contract to 2018“. Southampton F.C. (10-may 2014-yil). Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  6. „New deal for Gallagher“. Southampton F.C. (1-iyul 2017-yil). Qaraldi: 6-iyul 2017-yil.
  7. „Dons sign in-demand Gallagher“. MK Dons F.C. (29-iyul 2015-yil). Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  8. „Gallagher joins MK Dons on loan“. Southampton F.C. (29-iyul 2015-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
  9. „Sam Gallagher: Southampton recall striker from MK Dons loan“. BBC Sport (6-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 6-yanvar 2016-yil.
  10. „Rovers sign Saints striker“. Blackburn Rovers F.C. (11-avgust 2016-yil). Qaraldi: 11-avgust 2016-yil.
  11. „Blackburn 2–2 Burton“. BBC Sport (20-avgust 2016-yil). Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
  12. „Sam Gallagher: Blackburn boss Owen Coyle 'would love to' buy Southampton striker“. BBC Sport (20-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2016-yil.
  13. Doyle, Paul. „Blackburn relegated to League One despite winning at Brentford“. The Guardian (7-may 2017-yil). Qaraldi: 21-fevral 2018-yil.
  14. „Southampton's Sam Gallagher completes Birmingham loan move“. Sky Sports (21-avgust 2017-yil). Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  15. Dicken, Alex. „How Cheikh Ndoye and the other Birmingham City players rated in the defeat to Reading“. Birmingham Mail (26-avgust 2017-yil). Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  16. „Sam Gallagher: Blackburn Rovers sign Southampton forward“. BBC Sport (13-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-iyul 2019-yil.