Sam Mantom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sam Mantom
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Samuel Stephen Mantom[1]
Tavallud sanasi 20-fevral 1992-yil (1992-02-20) (32 yosh)[2]
Tavallud joyi Stourbridge, Angliya
Boʻyi 5 ft 9 in (1.75 m)[3]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rushall Olympic
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Walsall
0000—2010 West Bromwich Albion
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2013 West Bromwich Albion 0 (0)
2010Haukar (ijara) 7 (2)
2011Tranmere Rovers (ijara) 2 (0)
2011Oldham Athletic (ijara) 4 (0)
2012Walsall (ijara) 13 (3)
2012—2013Walsall (ijara) 11 (1)
2013—2016 Walsall 110 (14)
2016—2018 Scunthorpe United 34 (2)
2018Southend United (ijara) 7 (0)
2018—2020 Southend United 65 (7)
Milliy terma jamoa
2008

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 27-iyun uchun)

Samuel Stephen Mantom (talaffuzi: Samuel Stiven Mantom) (1992-yil 20-fevralda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Sam Mantom „Rushall Olympicfutbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

West Bromwich Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Mantom oʻz faoliyatini „Walsall“ futbol klubining akademiyasida boshlagan va keyinchalik „West Bromwich Albion“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan.

Sam Mantom klub bilan professional shartnoma imzolaganidan soʻng[4], 2010-yil 14-mayda IslandiyaningHaukar“ futbol klubi jamoasiga ijara asosida oʻtdi[5]. Mantom bu jamoa safida yettita oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Sam Mantom 2010-yil 24-avgustda Brisben Roadda „Leyton Orient“ futbol klubiga qarshi Futbol Ligasi kubogi oʻyinida „West Bromwich“ futbol klubi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi[6].

2010-yil 23-noyabrda Sam Mantom „Tranmere Rovers“ futbol klubi jamoasiga bir oylik favqulodda ijara asosida qoʻshildi[7]. Sam Mantom oʻsha kuni klub safida „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi[8].

2011-yil 17-fevralda Sam Mantom „Oldham Athletic“ futbol klubi safiga bir oylik favqulodda ijara asosida qoʻshildi[9].

Walsall[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 6-martda Sam Mantom „Walsallfutbol klubi bilan shartnoma imzoladi[10].

Scunthorpe United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil iyun oyida Sam Mantom „Walsall“ futbol klubi bilan yangi shartnoma imzolashdan voz kechganidan soʻng, Birinchi liga vakili „Scunthorpe United“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[11]. Sam Mantom „Scunthorpe“ klubi safidagi ilk golini 2016-yil 22-oktyabrda „Chesterfield“ klubiga qarshi oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[12].

Southend United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun oyida Sam Mantom nomaʼlum toʻlov evaziga „Southend United“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilishga rozilik bildirdi[13].

Rushall Olympic[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Mantom 2020-yil 16-oktaybrda „Rushall Olympic“ futbol klubi jamoasi bilan shartnoma imzoladi[14].

Hemel Hempstead[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Mantom 2020-yil 27-noyabrda Milliy liganing vakili „Hemel Hempstead Town“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[15].

Rushall Olympic[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil iyun oyida Sam Mantom „Rushall Olympic“ futbol klubi safiga qayta qoʻshildi[16].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sam Mantom Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi sobiq futbolchisi hisoblanadi[17].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
West Bromwich Albion 2010—2011 Premyer liga 0 0 0 0 2 0 2 0
2011—2012 Premyer liga 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 0 0 0 0 3 0 3 0
Haukar (ijara) 2010 Úrvalsdeild 7 2 7 2
Tranmere Rovers (ijara) 2010—2011 Birinchi liga 2 0 0 0 2 0
Oldham Athletic (ijara) 2010—2011 Birinchi liga 4 0 4 0
Walsall (ijara) 2011—2012 Birinchi liga 13 3 13 3
2012—2013 Birinchi liga 11 1 11 1
Walsall 2012—2013 Birinchi liga 18 1 18 1
2013—2014 Birinchi liga 43 5 2 0 2 0 1 0 48 5
2014—2015 Birinchi liga 12 0 1 0 0 0 2 0 15 0
2015—2016 Birinchi liga 37 8 4 1 3 0 3 0 47 9
Jami 134 18 7 1 5 0 6 0 152 19
Scunthorpe United 2016—2017 Birinchi liga 26 2 1 0 1 0 6 1 34 3
2017—2018 Birinchi liga 8 0 0 0 2 0 2 0 12 0
Jami 34 2 1 0 3 0 8 1 41 3
Southend United (ijara) 2017—2018 Birinchi liga 7 0 7 0
Southend United 2018—2019 Birinchi liga 43 5 3 2 1 0 1 0 48 7
2019—2020 Birinchi liga 22 2 0 0 2 0 2 0 26 2
Jami 72 7 3 2 3 0 3 0 81 9
Rushall Olympic 2020—2021 Premyer liga 3 1 0 0 3 1
Jami 256 30 11 3 14 0 17 1 298 34

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EFL: Club list of registered players“. English Football League (20-may 2017-yil). Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
  2. „Sam Mantom“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 21-iyul 2018-yil.
  3. Sky Sports Football Yearbook 2012–2013, 43rd, London: Headline, 2012 — 549 bet. ISBN 978-0-7553-6356-8. 
  4. „West Bromwich Albion hand deals to Mantom & Downing“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (13-may 2010-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2010-yil.
  5. „Three Albion starlets off to Iceland“. Express & Star (14-may 2010-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2014-yil.
  6. „Baggies new boy Sam Mantom wins praise“. Express & Star (25-avgust 2010-yil). Qaraldi: 26-avgust 2010-yil.
  7. „Tranmere complete loan deal for West Brom's Sam Mantom“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (23-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2010-yil.
  8. „Tranmere 0–1 Hartlepool“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (23-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2010-yil.
  9. „Oldham sign Sam Mantom on emergency loan“. BBC Sport. British Broadcasting Corporation (17-fevral 2011-yil). Qaraldi: 17-fevral 2011-yil.
  10. „Walsall sign Sam Mantom on loan from West Bromwich Albion“. BBC Sport (6-mart 2012-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2014-yil.
  11. „Sam Manton: Walsall midfielder joins Scunthorpe United“. BBC Sport (5-iyul 2016-yil). Qaraldi: 30-iyun 2016-yil.
  12. „Chesterfield 0-3 Scunthorpe“. BBC (22-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 12-dekabr 2016-yil.
  13. „Southend United sign Charlton's Lennon and Scunthorpe's Mantom“. BBC Sport (22-iyun 2018-yil). Qaraldi: 13-iyul 2021-yil.
  14. „Two Added to Rushall Olympic Squad“. Southern Football League (16-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 16-oktabr 2020-yil.
  15. „WELCOME Sam Mantom“. Hemel Hempstead Town FC (27-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-iyul 2021-yil.
  16. „PICS POWER HOUR: MANTOM LEAP“. www.rofc.co.uk (24-iyun 2022-yil). Qaraldi: 27-iyun 2022-yil.
  17. „NEW DEAL FOR MANTOM“. saddlers.co.uk (15-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2014-yil.