Sallohxona darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Salloxona darvozasi (Buxoro)dan yoʻnaltirildi)
Sallohxona darvozasi
Joylashuvi
Hudud Buxoro viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Umumiy maʼlumotlar
Qurdirgan hukmdor Abdulazizxon
Qurilishi boshlangan 1540-yil
Qurib bitkazilgan 1549-yil
Buzilgan yili 2009-yil qayta tiklangan
Qayta tiklagan meʼmor Muzaffar Mirzayev hamda Sharif Rahimov
Arxitekturasi
Meʼmoriy uslubi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Qurilish materiali pishgan gʻisht
Balandligi 11 metru 10 sm
Kengligi 21 metr
Sallohxona darvozasi

Salloxona darvozasi — Buxoro darvozasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salloxona darvozasi „Mir-Mas’ud“ darvozasi deb ham ataladi. Bu darvoza orqali oxund Yusuf Qorabogʻiy, Shamsul Aimma al-Kirdariy, Abdulloh Sabzamuniy, Gʻavsul Aʼzam ziyoratgohlariga borilgan[1]. Salloxona darvozasi Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan 1540—1549-yillarda qadimiy devor bilan birga qurilgan[2]. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi maʼlumotlar vaqf hujjatlarida (1683—1684-yillar) uchraydi. Darvoza tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu yerda 1920-yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilgan.

Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salloxona darvozasining balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Darvoza usti 21 ta gultojdan tuzilgan, „guldasta“lar ikki qavatli bo‘lib, soqchilar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan. Salloxona darvozasi orqali odamlar Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan o‘tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan. 1920-yil kuzida shoʻrolar qizil qoʻshinlarining Buxoroga bosqini oqibatida tarixiy darvozlarga ham qattiq zarar yetgan. Buxoroning boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi ham 2009-yil oktyabr oyidan boshlab qaytadan tiklandi va asl holatiga keltirildi. Bunyodkorlik va qurilish ishlarini usta-meʼmorlar Muzaffar Mirzayev hamda Sharif Rahimovlar olib bordi[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  2. Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки). Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР, 1958 — 145 bet. 
  3. To'rayev H.H. Buxoro tarixi. Buxoro: Durdona, 2020 — 320 bet. ISBN 978-9943-6571-0-6.