Sake uchun toʻplam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sake turli idishlarda tortilishi mumkin; tasvirdagilar „sakadzuki“ (tekis), „otyoko“ (silindrsimon) va „masu“ (yogʻoch) deb nomlanadi.

Sake uchun toʻplam — sake yaʼni, guruchdan tayyorlanadigan anʼanaviy yapon alkogol mahsulotini dasturxonga tortish uchun moʻljallangan idishlar toʻplamidir. Bunday toplamlar odatda sopoldan boʻladi. Shu bilan birga shisha, yogʻoch, laklangan plastik va metalldan tayyorlangani uchrab turadi. Bunday idishlar alohida yoki servis toʻplamida sotiladi.

Koʻza[tahrir | manbasini tahrirlash]

Billur toʻplam: koʻza va otyoko

Sake uchun moʻljallangan koʻza-tokkuri (tokkuri (yaponcha: 徳利?) mín)deyiladi. Odatda bu tor boʻyinli dumaloq idish shaklida boʻladi, lekin turli shakllarda, shu jumladan „burunli“ idishlar «katakuti» (yaponcha: 片口?) ham uchrab turadi. Anʼanaga koʻra, koʻzadagi sake issiq suvli idish ichiga qoʻyib isitiladi. Koʻzaning tor boʻyni issiqlikni saqlashga yordam beradi. Oden tortiladigan Ryoteyi va restoranlarda baʼzan sakeni baʼzan isitib, «tirrori» (yaponcha: 銚釐?) yoki tampo deb nomlangan metall idishlarda uzatishadi. tampo (yaponcha: 湯婆?). Soʻnggi yillarda shishadan boʻlgan tirorilardan sakeni sovutish uchun ham foydalanishyapti.

Ichimlik uchun idishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laklangan xattotlik ishlari tushirilgan „masu“

Qadimda sake katta hajmdai boʻyicha, masu (yaponcha: 枡升?) deb nomlangan yogʻoch qutilarda sotilgan. Uning hajmi tahminan 180 ml, shuni oʻzidan ichishgan. Yogʻoch quti ichimlikning taʼmini toʻldirishi kerak edi, chunki u taru-yogʻoch boʻchkalardan taru (yaponcha: ?) tayyorlanardi. Ammo hozirgi zamonda sakeni sevuvchilar masudan ichmaydilar, chunki yogʻoch ichimlikning taʼmini oʻzgartiradi. Biroq, masudan anʼanaviy marosimlarda foydalanishda davom etishmoqda. Restoranlarda sake uzatayotgan inson konteyner ichiga finjonni qoʻyishi yoki boʻlmasam, masu ni oʻzini kattaroq idishga joylashtirib ustidan sakeni quyishi mumkin. Maqsad kichikdan toshib katta idishga quyilishi. Bu yaponlarda boylik ramzini bildiradi.

Masu odatda laklangan yogʻoch yoki plastmassadan tayyorlanadi . Anʼanaga koʻra, masuni liq toʻldirish kerak. Bu farovonlik belgisini bildiradi. Xususan, uning nomi ham kabi soʻzi bilan ommonimdir.«koʻpayish, kattarish, qoʻshilish» (yaponcha: 増す masu?) soʻzi bilan omonimdir.

Kelin san-san-ku-do marosimida sakazukidan sake ichymoqda; oʻng tarafdagi ayol tyosinii ushlab turibdi. 1867 yil

Zamonaviy Yaponiyada sake odatda sopol idishlarda beriladi. Kichik silindrsimon stakan „o-tyoko“ va tekis «sakadzuki» (yaponcha: ?)lar keng tarqalgan. Ular odatda toʻy kabi marosimlarda ishlatiladi. Lekin kundalik foydalanish uchun kattaroq sakazukilar mavjud. „Sakazuki“ soʻzini yozish uchun bir nechta iyerogliflar 盃 i 坏[1], shuningdek, kichik sakazuki uchun 盞[1] qoʻllaniladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 岩井広實監修、工藤員功編 『絵引 民具の事典』 p.56 2008年

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]