Ryan Yates

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ryan Yates
Yates Nottingham Forest klubi bilan 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ryan James Yates[1]
Tavallud sanasi 21-noyabr 1997-yil (1997-11-21) (26 yosh)
Tavallud joyi Lincoln, Angliya
Boʻyi 6 feet 3 inches (1.90 m)[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nottingham Forest
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2016 Nottingham Forest
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016- Nottingham Forest 122 (14)
2016—2017Barrow (ijara) 16 (1)
2017Shrewsbury Town (ijara) 12 (0)
2017—2018Notts County (ijara) 25 (3)
2018Scunthorpe United (ijara) 16 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 28-avgust uchun)

Ryan James Yates (talaffuzi: Ryan Jeyms Yats) (1997-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ryan Yates 2016—2017-yilgi mavsum boshida „Nottingham Forest“ klubining birinchi jamoasi tarkibiga kiritildi. Ryan Yates 2016-yilning 26-avgustida bir oylik dastlabki sinov muddati uchun Milliy Liga vakili „Barrow“ klubiga yoʻl oldi[3][4]. 21-sentyabr kuni Ryan Yates „Barrow“ klubi bilan ijara shartnomasini 2017-yil 9-yanvargacha uzaytirdi[5]. Shartnomani uzaytirganidan soʻng, „Barrow“ klubi menejeri Paul Cox Ryan Yates haqida shunday dedi: „U oʻrganish istagi, yaxshiroq va kuchliroq boʻlishni xohlash nuqtai nazaridan olmos futbolchi. Aynan shu narsa Ryan Yatesni bu tarkibda kuchli qildi.“[6]

Ryan Yates "Barrow' klubi bilan oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, barcha musobaqalarda ikki marta gol urgan. Ryan Yates 13-yanvar kuni „Forest“ klubiga chaqirib olingan[7].

31-yanvar kuni, „Barrow“ klubidan chaqirib olinganidan koʻp oʻtmay, Ryan Yates mavsumning qolgan qismida Birinchi Liganing vakili „Shrewsbury Town“ klubiga ijaraga berildi[8]. Ryan Yates professional ligadagi debyut oʻyinini 14-fevral kuni „Peterborough United“ klubiga qarshi (2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyin) uchrashuvning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi[9]. 27-fevralda, „Shrewsbury Town“ klubida ijarada boʻlganida, Ryan Yates „Forest“ klubidagi shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi[10]. Ryan Yatesga 1-aprel kuni „Bristol Rovers“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining professional faoliyatidagi ilk qizil kartochka koʻrsatildi[11].

2017-yil 4-avgustda Ryan Yates „Notts Country“ klubiga 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi[12].

2018-yilning 11-yanvarida Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubi bilan 2020-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi va 2017—2018-yilgi mavsumning qolgan qismida birinchi liga vakili „Scunthorpe United“ klubiga qoʻshilish uchun „Notts Cauntry“ klubidagi ijarasidan chaqirib olindi[13].

2018-yilning 5-iyulida Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi va Ryan Yates klubdagi futbolchilik faoliyatini 2021-yilgacha olib boradigan boʻldi[14]. 2019-yilning dekabrida Ryan Yates shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubugi EFL kubugi Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nottingham Forest 2016-17[16] Championat 0 0 0 0 0 0 0 0
2017-18[17] 0 0 0 0 0 0 0 0
2018-19[18] 16 1 0 0 1 0 17 1
2019-20[19] 27 3 1 0 0 0 28 3
2020-21[20] 34 2 1 0 1 0 36 2
2021-22[21] 43 8 4 1 1 0 3 0 51 9
2022-23[22] Premer-liga 9 0 0 0 1 1 10 1
Umumiy 122 14 6 1 4 1 3 0 135 16
Barrow (ijara) 2016-17[16] Milliy liga 16 1 3 1 0 0 0 0 19 2
Shrewsbury Town (ijara) 2016-17[16] Birinchi liga 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
Notts County (ijara) 2017-18[17] Ikkinchi liga 25 3 3 2 1 1 0 0 29 6
Scunthorpe United (ijara) 2017-18[17] Birinchi liga 16 2 0 0 0 0 2 0 18 2
Umumiy 191 20 12 4 5 2 5 0 213 26

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CLUB LIST OF REGISTERED PLAYERS AS AT 19th MAY 2018“. English Football League. Qaraldi: 13-iyun 2018-yil.
  2. „Ryan Yates“. Nottingham Forest F.C.. Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  3. NFFC. „Nottingham Forest have announced their squad numbers for the 2016–17 season“. Nottingham Forest (5-avgust 2016-yil).
  4. „Barrow Borrow Forest Youngster“ (26-avgust 2016-yil).
  5. „Barrow AFC extend loan deal for Nottingham Forest youngster Yates“.
  6. „Barrow Borrow Forest Youngster“. Non League (26-avgust 2016-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  7. NFFC. „Nottingham Forest striker Tyler Walker is one of six players to return to the club after loan spells away from The City Ground“. Nottingham Forest (13-yanvar 2017-yil).
  8. „Transfer deadline day: Shrewsbury Town complete Ryan Yates loan deal from Nottingham Forest“. Shropshire Star (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  9. „Peterborough United 2–1 Shrewsbury Town“. BBC Sport (14-fevral 2017-yil).
  10. „Joe Worrall: Nottingham Forest defender signs new three-and-a-half-year contract“. BBC Sport (27-yanvar 2017-yil).
  11. „Match Report“. Shrewsbury Town Official Site (1-aprel 2017-yil). 2017-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-oktyabr.
  12. „Ryan Yates joins on loan“. Notts County Football Club (4-avgust 2017-yil).
  13. NFFC. „Yates pens new deal“. Nottingham Forrest (11-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
  14. NFFC. „Ryan thrilled to commit long-term future to Forest“. Nottingham Forest (5-iyul 2018-yil).
  15. „Ryan Yates: Nottingham Forest midfielder signs new deal with Championship club“. BBC Sport (5-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2019-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Games played by Ryan Yates in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 1-mart 2017-yil.
  17. 17,0 17,1 17,2 „Games played by Ryan Yates in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-yanvar 2018-yil.
  18. „Games played by Ryan Yates in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-may 2019-yil.
  19. „Games played by Ryan Yates in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-may 2019-yil.
  20. „Games played by Ryan Yates in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
  21. „Games played by Ryan Yates in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-dekabr 2021-yil.
  22. „Games played by Ryan Yates in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.