Ryan Walter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Walter 2011-yilda
Tugʻilgan joyi 23-aprel 1958-yil (1958-04-23) (66 yosh)
New Westminster, British Columbia, Canada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 195 lb (88 kg; 13 st 13 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari inglizcha: Washington Capitals
inglizcha: Montreal Canadiens
inglizcha: Vancouver Canucks
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 2-oʻrin, 1978
inglizcha: Washington Capitals
Jamoalardagi faoliyat 1978—1993

Ryan William Walter (talaffuzi: Rayan Uilyam Uolter, 1958-yil 23-aprelda tugʻilgan) — professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi boʻlib, Canada Milliy Xokkey Ligasida 15 mavsum oʻynagan. U, shuningdek, Vancouver Canucks jamoasida yordamchi murabbiy, Canada milliy ayollar xokkey jamoasi bosh murabbiyi, xokkey telekompaniyasi va Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti boʻlgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walter Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Ammo Britaniya Kolumbiyasining Burnaby shahrida oʻsgan.1971-yilda u Quebecda boʻlib oʻtgan Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Burnabyning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

NHLdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walter 1978-ylgi NHL Amateur draftida Washington Capitals jamoasi tomonidan tarkibga qoʻshib olingan. Capitals jamoasi uni ikkinchi mavsumda jamoa sardori etib tayinlagan. U NHL tarixidagi bu lavozimni egallagan eng yosh xokkeychi boʻlgan. Walter 1982-yilda blokbaster savdosida Monreal Canadiens jamoasiga sotilgan. U Doug Jarvis, Rod Langway, Craig Laughlin va Brian Engblom evaziga Rick Green bilan birga Monreal jamoasiga transfer qilingan. Canadaliklar 1986-yilda Stanley kubogi sohibi boʻlgan va Walterning ismi kubokka oʻyib yozib qoʻyilgan. 1989-yilgi Stanley kubogi finalida u 3-oʻyinning ikkinchi qoʻshimcha vaqtida gol urib, Canadaliklar 2:1 hisobida oldinga oʻtib olishini taʼminladi. 1991-yilda u Vancouver Canucks bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. U Canucksda oʻz faoliyatining soʻnggi ikki mavsumini oʻynadi va 1992-yilda BudweiserNHL yilning eng yaxshi odami mukofotini qoʻlga kiritdi. U qattiqqoʻl, mehnatkash xokkeychi sifatida tanilgan. Walter, shuningdek, NHLPA vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilning 17-iyunida Walter Vancouver Canucks jamoasiga Alain Vigneault oʻrniga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. U 2009—2010-yilgi mavsumdan soʻng u ishdan boʻshatildi. 2010-yil 21-sentyabrda Walter 2010-yilgi Toʻrt Millat Kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan Canada ayollar xokkey jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

2011-yildan 2014-yilgacha Walter Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti hamda Calgary Flamesning kichik liga filiali direktori boʻlib ishlagan[3][4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walter motivatsion maʼruzachi, bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi. U hozirgi kunda xokkeydagi tajribasidan biznes va muvaffaqiyatga erishish uchun foydalanadi.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
    Doimiy mavsum   Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1973—1974 Langley Lords BCHL 62 40 62 102
1973—1974 Kamloops Chiefs WCHL 2 0 0 0 0
1974—1975 Langley Lords BCHL 52 32 60 92 111
1974—1975 Kamloops Chiefs WCHL 9 8 4 12 2 2 1 1 2 2
1975—1976 Kamloops Chiefs WCHL 72 35 49 84 96 12 3 9 12 10
1976—1977 Kamloops Chiefs WCHL 71 41 58 99 100 5 1 3 4 11
1977—1978 Seattle Breakers WCHL 62 54 71 125 148
1978—1979 Calgary Wranglers WHL 2 0 1 1 0
1978—1979 Washington Capitals NHL 69 28 27 55 70
1979—1980 Washington Capitals NHL 80 24 42 66 106
1980—1981 Washington Capitals NHL 80 24 45 69 150
1981—1982 Washington Capitals NHL 78 38 49 87 142
1982—1983 Montreal Canadiens NHL 80 29 46 75 40 3 0 0 0 11
1983—1984 Montreal Canadiens NHL 73 20 29 49 83 15 2 1 3 4
1984—1985 Montreal Canadiens NHL 72 19 19 38 59 12 2 7 9 13
1985—1986 Montreal Canadiens NHL 69 15 34 49 45 5 0 1 1 2
1986—1987 Montreal Canadiens NHL 76 23 23 46 34 17 7 12 19 10
1987—1988 Montreal Canadiens NHL 61 13 23 36 39 11 2 4 6 6
1988—1989 Montreal Canadiens NHL 78 14 17 31 48 21 3 5 8 6
1989—1990 Montreal Canadiens NHL 70 8 16 24 59 11 0 2 2 0
1990—1991 Montreal Canadiens NHL 25 0 1 1 12 5 0 0 0 2
1991—1992 Vancouver Canucks NHL 67 6 11 17 49 13 0 3 3 8
1992—1993 Vancouver Canucks NHL 25 3 0 3 10
NHL yigʻindisi 1,003 264 382 646 946 113 16 35 51 62

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM
1978 Canada WJC 6 5 3 8 4
1979 Canada WC 8 4 1 5 4
1981 Canada WC 8 0 1 1 2
1982 Canada WC 4 1 3 4 0
Oʻsmirlar yigʻindisi 6 5 3 8 4

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • WCHL birinchi yulduzli jamoasi — 1978-yil

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2019-yil.
  2. „Ryan Walter“. keynotespeakerscanada.ca. 2-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2022-yil.
  3. „Heat name Ryan Walter club president“. NHL.com (2011-yil 2-avgust).
  4. „Abbotsford Heat leave city with 102M in losses“. CBC.ca (2014-yil 15-aprel).