Rustem Memetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rustem Yakubovich Memetov
Tavalludi 20-aprel 1937-yil
Simferopol, Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Vafoti 21-may 2021-yil(2021-05-21)
(84 yoshda)
Minsk, Belorussiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi arxitektor
Ish joylari Toshkent
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti

Rustem Yakubovich Memetov (1937-yil 20-aprel, Simferopol, Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi – 2021-yil 21-may, Minsk) – belaruslik meʼmor.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustem Yakubovich Memetov 1937-yil 20-aprelda Simferopol shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach Toshkent politexnika institutiga oʻqishga kiradi. Rustem Yakubovich Memetov 1961-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Oʻqishni tamomlagach 1961—1970-yillarda Toshkent shahridagi „Toshproyekt“ loyiha institutida dastlab meʼmor, soʻngra meʼmorlar guruhi rahbari boʻlib ishlagan. „Toshproyekt“ loyiha institutida ishlagan vaqtda „Zarafshon“ umumiy ovqatlanish majmuasi loyihasini amalga oshirgan. Rustem Memetov 1965-yildan boshlab SSSR meʼmorlar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilinadi. 1970—1977-yillarda u „Minskproyekt“ loyiha instituti arxitektorlar jamoasining rahbari boʻlgan. Keyinchalik 1977-yildan 1997-yilgacha u „Belderjproyekt“ instituti loyihasining bosh meʼmori boʻlgan. Rustem Memetov „Belderjproyekt“ institutidagi faoliyatida davomida Karla Liebknecht koʻchasidagi politsiya maktabi, Kazintsiya koʻchasidagi BRSR MDB maʼmuriy binosi loyihalarini amalga oshirgan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Roza Taghirivna Memetova bilan turmush qurgan.

Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy ishlari (muallif jamoasida): Chilonzor tumanidagi G-12 mikrorayon (1964—1966), Toshkentdagi „Zarafshon“ umumiy ovqatlanish majmuasi (1968—1972), Kalvariyska koʻchasidagi Davlat banki Belarus respublika idorasining hisoblash markazi (1975—1978), Birlashgan Energetika va Yadro tadqiqotlari instituti, Fanlar akademiyasining Atom energiyasi institutining Sosniy qishlogʻidagi laboratoriya-texnik binosi (1979—1982), Karla Liebknecht koʻchasidagi politsiya maktabi, Kazintsiya koʻchasidagi BRSR MDB maʼmuriy binosi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 21-may kuni Rustem Yakubovich Memetov Minskda vafot etdi[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahri markazining eskiz loyihasi uchun Butunittifoq tanlovining birinchi mukofotini (mualliflik jamoasida) qoʻlga kiritgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Меметов Рустем Якубович // Кто есть Кто в Республике Беларусь. Архитекторы Беларуси. / Редакционный совет: И. В. Чекалов (пред.) и др. Минск: Энциклопедикс, 2014. −140 с. ISBN 978-985-7090-29-7.
  • Меметов Рустем Якубович // Архитекторы Советской Белоруссии: Биогр. справочник / Союз архитекторов БССР; Сост. В. И. Аникин и др.. — Мн.: Беларусь, 1991. — 262 с. — ISBN 5-338-00611-1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]