Rick Ross

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rick Ross
Umumiy maʼlumot
Tavalludi William Leonard Roberts II
1976-yil 28-yanvar
Mayami, Florida, Qo'shma Shtatlar.
Kasbi reper • muallif
Leybl Epic • Maybach • Atlantic • Def Jam • Suave House • Slip-n-Slide • Poe Boy
Taʼlimi Albany State University
Boʻyi 1.88 m
Bolalari 4
Janr Hip hop • trap
Faoliyat yillari 2000–hozirgacha

William Leonard Roberts II (1976-yil 28-yanvarda tugʻilgan), professional sifatida Rick Ross nomi bilan tanilgan, amerikalik reper.

2006-yilda oʻzining „Hustlin“ debyut singlini chiqarishdan oldin, Def Jam Recordingsda Jay-Z bilan multi-million dollarlik shartnoma imzoladi [1]. Shartnomadan oldin Rossga Diddy’s Bad Boy Entertainment va Irv Gotti’s Murder Inc.. Def Jam leybllari ham hamkorlikni taklif qilgan[2].

2006-yilning oxirida Ross „Port of Mayami“ debyut albomini chiqardi va birinchi haftada 187 000 dona sotilgan. Albom AQSh Billboard 200 albom chartida birinchi oʻrinni egalladi. Ross 2008-yilda oʻzining ikkinchi studiyaviy albomi „Trillani“ chiqardi va yana Billboard 200 roʻyxatida yuqori oʻrinlarda debyut qildi. Oʻzining karyerasidan tashqari, Ross 2005-yilda Floridadagi reperlar Gunplay va Torch bilan birgalikda „Triple C“ hip-hop guruhining yetakchi aʼzosi edi.

Ross 2009-yilda Maybach Music Group ovoz yozish leybliga asos solgan va shu leyblda „Deeper Than Rap“ (2009), „Teflon Don“ (2010), „God Forgives“, „I Donʼt“ (2012), „Mastermind“, „Hood Billionaire“ (2014), „Black Market“ (2015), „Rather You Than Me“ (2017) va boshqa koʻplab albomlarini chiqargan. Uning oʻninchi albomi „Port of Mayami 2“ 2019-yil avgust oyida chiqdi va Billboard 200 chartda 2-oʻrinni egalladi. Maybach Music leybli bilan taniqli reperlar ham shartnoma imzolangan, jumladan Meek Mill, Wale va French Montana va boshqalar. 2012-yil boshida MTV Rick Rossni „Hottest MC in the Game“ deb eʼlon qildi.

Biznes[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil holatiga koʻra, Rick Ross bir nechta Wingstop restoranlariga ega. Wingstop — tovuq qanotlariga ixtisoslashgan tez tayyor boʻladiga ovqatlar tarmogʻi.

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miksteyplar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2010 — Ashes to Ashes
  • 2012 — Rich Forever
  • 2012 — The Black Bar Mitzvah
  • 2013 — The H (& Birdman)
  • 2015 — Black Dollar
  • 2015 — Renzel Remixes

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2006 — Port of Miami
  • 2008 — Trilla
  • 2009 — Deeper Than Rap
  • 2010 — Teflon Don
  • 2012 — God Forgives, I Donʼt
  • 2014 — Mastermind
  • 2014 — Hood Billionaire
  • 2015 — Black Market
  • 2017 — Rather You Than Me
  • 2019 — Port of Miami 2
  • 2021 — Richer Than I Ever Been

Nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamkorlikdagi Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Albom Chartdagi oʻrni Reyting
US US R&B US Rap
2011 The H

Toʻplamlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yili Nomi Chartdagi oʻrni
US US R&B US Rap
2007 Rise to Power 62 6 6

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jay-Z Gets Behind Rick Ross To Show He's 'Still In The Rap Business“. MTV (US). Qaraldi: 13-mart 2006-yil.
  2. „Rick Ross“. Spotify. Qaraldi: 13-sentabr 2022-yil.