Registon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Registon (fors. — mayda tosh toʻshalgan joy) — Oʻrta Sharq mamlakatlari shaharlaridagi markaziy maydon, Turli maqsadlarda odamlar toʻplanadigan joy boʻlgan Registon koʻp hollarda shahar arki yoki hokimlar saroylari yoni (Buxoro, Shahrisabz, Xiva)da barpo etilgan hamda ular maʼmuriy siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan. Dastlab meʼmoriy jihatdan sodda boʻlgan; koʻpchilik tomonidan toptaladigan bu joyga yozda tuprogʻi oʻynab ketishi, yogʻingarchilik paytida botqoqlikka aylanishidan saqlash maqsadida qumtoshlar yotqizilgan. Shu xususiyati bilan boshqa ochiqjoylardan farqlangan. Keyinchalik davrlar oʻtishi bilan R. atrofiga mahobatli jamoat binolari (Jome masjidi, Madrasa, devon kabilar) qurilgan, hovuz, daraxtlar bilan obodonlashtirilib, hashamatli koʻrinish olgan. Mas, Buxoro R.i arkning jan.da joylashgan. 10-asrda bu maydonni Somoniylar saroyi, devonxonalar qurshab olgan. 20-asrda tarxi tuxumsimon boʻlib, maydon atrofida boshqa binolar bunyod etilgan (saqlanmagan). Shahrisabz R.i Oq saroyning jan.da boʻlgan. Qarshi R.i (16-asrda shakllangan) 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida maydoni tevaragida Abdullaxon madrasasi, roʻparasida Odina masjidi joylashgan, shuningdek, Chorivoy Madrasa, sardoba, Hyp Madrasa, Oli Madrasa, hammom hamda Chorsu binolari boʻlgan. Qoʻqon R.i Chorsu yaqinida joylashgan. Xivada R. Koʻhna arkpshk sharq tomoniga tutash boʻlgan. Toshkent R.i Chorsu maydonida shakllangan (15—17-asrlar). Xoja Axror kurdirgan Jome masjid va Madrasa (1451) ansambl asosini tashkil etgan. Keyinchalik Koʻkaldosh madrasasi va uning yaqinida Beklarbegi madrasasi (1835-yilda) qurilgan (Sovet davrida buzib tashlangan). Bularning ichida eng ulugʻvori va toʻliq shakllangan holda bizgacha saqlangani Samarqanddagi Registon ansambliapr.[1]

  1. Hayrulla Poʻlatov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil