Reece Scarlett

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Reece Scarlett
Tugʻilgan joyi 31-mart 1993-yil (1993-03-31) (31 yosh)
Sherwood Park, Alberta, Kanada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
KHL
Sobiq jamoalar
Dinamo Riga
Albany Devils
Springfield Thunderbirds
Texas Stars
NHLga kirish drafti 159-oʻrindagi tanlov, 2011
New Jersey Devils
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Reece Scarlett (talaffuzi: Ris Skarlet) (1993-yil 31-martda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Reece Scarlett hozirda Kontinental xokkey ligasining (KHL) „Dinamo Riga“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Reece Scarlett dastlab „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 159-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reece Scarlett yoshligida „Sherwood Park Kings“ xokkey klubi safida tarbiyalangan. Keyinchalik, Reece Scarlett „Swift Current Broncos“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolagan.

„Swift Current Broncos“ xokkey klubi safida ikki mavsum oʻynagnidan soʻng, Reece Scarlett 2011-yilgi NHL kirish loyihasida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 159-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

2012-yil 7-sentyabrda Reece Scarlett „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekdi[1]. Reece Scarlett klub safida 67 oʻyinda maydonga tushib, 49 ochko (9 gol va 40 golli uzatma) toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Shundan soʻng, Reece Scarlett „New Jersey Devils“ xokkey klubining AHL filiali „Albany Devils“ xokkey klubi safiga yuborildi. Cheklangan erkin agent sifatida Reece Scarlett 2016-yil 18-iyulda „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan bir yillik yangi shartnoma imzoladi[2]. 2017-yil 1-martda Scarlett Shane Harper evaziga klub tomonidan „Florida Panthers“ klubiga almashtirildi[3]. Shundan soʻng, Reece Scarlett klubning AHL filiali „Springfield Thunderbirds“ xokkey jamoasi safiga tayinlandi[4].

2017-yilning 1-iyulida Reece Scarlett „Florida Panthers“ klubi safida qolish uchun bir yillik ikki tomonlama shartnomaga rozi boʻldi[5]. „Florida Panters“ xokkey klubi bilan oʻzining birinchi mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Reece Scarlett 2017-yil 25-sentyabrda klubning AHL filialiga qayta tayinlandi[6].

AHLda yetti mavsum o‘ynagan va NHLga chiqa olmagan Reece Scarlett Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etib, 2020-yil 23-avgustda bir yillik shartnoma asosida Latviyaning KHL jamoasi „Dinamo Riga“ xokkey klubi safiga qo‘shildi[7].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2008—2009 Sherwood Park Kings AMHL 34 4 13 17 60 11 2 6 8 4
2008—2009 Swift Current Broncos WHL 1 0 0 0 0
2009—2010 Swift Current Broncos WHL 65 1 9 10 49 4 0 2 2 4
2010—2011 Swift Current Broncos WHL 72 6 18 24 59
2011—2012 Swift Current Broncos WHL 71 9 40 49 74
2012—2013 Swift Current Broncos WHL 67 9 40 49 66 5 0 3 3 10
2013—2014 Albany Devils AHL 48 6 14 20 18
2014—2015 Albany Devils AHL 57 2 23 25 27
2015—2016 Albany Devils AHL 60 4 22 26 64 10 0 0 0 0
2016—2017 Albany Devils AHL 50 4 17 21 53
2016—2017 Springfield Thunderbirds AHL 1 1 0 1 0
2017—2018 Springfield Thunderbirds AHL 13 1 1 2 22
2017—2018 Texas Stars AHL 44 1 6 7 46 22 0 3 3 6
2018—2019 Texas Stars AHL 1 0 0 0 2
2019—2020 Texas Stars AHL 51 5 11 16 24
2020—2021 Dinamo Riga KHL 47 2 15 17 18
2021—2022 Dinamo Riga KHL 32 4 3 7 16
AHL jami 325 24 94 118 256 32 0 3 3 6

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010-yil Kanada U17 5 5 2 4 6 4
2011-yil Kanada WJC18 4 7 0 0 0 0
Jami 12 2 4 6 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Scarlett, Severson sign entry-level deals“. New Jersey Devils (2012-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  2. „Devils re-sign defenseman Reece Scarlett to one-year contract“. New Jersey Devils (2016-yil 18-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
  3. „Panthers acquire minor league defenseman Reece Scarlett from Devils“. Fox Sports (2016-yil 1-mart). Qaraldi: 2016-yil 1-mart.
  4. „2017-18 Florida Panthers season preview“. catsontheprowl.com (2017-yil 19-sentyabr). 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  5. „Panthers agree to terms with five players“. Florida Panthers (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  6. „Panthers reduce training camp roster, down to 32“. Florida Panthers (2017-yil 1-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-iyul.
  7. „Defender Reece Scarlett joins Riga“ (Latvian). Dinamo Riga (2020-yil 23-avgust). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.