Raim Farhodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raim Hakimovich Farhodiy
Tavalludi 16-may 1942-yil
Vafoti 4-aprel 2024-yil(2024-04-04)
(81 yoshda)
Kasbi shoiri, yozuvchi, dramaturg, jurnalist, tarjimon, rassom
Faoliyat yillari 1973-2024
Mukofotlari "Doʻstlik" ordeni Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Raim Hakimovich Farhodiy (1942-yil 16-may; Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek shoiri, yozuvchi, dramaturg, jurnalist, tarjimon va rassom. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy uyushmasi aʼzosi, „Buloqcha“ ekologik jurnali va bolalar badiiy ijodiyoti studiyasi bosh muharriri boʻlgan.[1]. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Doʻstlik" ordeni sohibi[2][3] , „Community Treasure Award“ doktor Iosif Shainskiy jamgʻarmasi mukofoti laureati[4] hamdir. U 50 dan ortiq kitoblar muallifi. Farhodiy asarlari Oʻzbekiston maktablari va oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga kiritilgan[3].

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raim Farhodiy 1942-yil 16-mayda Samarqand shahrida, bogʻu adirlar koʻp boʻlgan Bogʻishamol shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi tibbiyot olimlari edi. Farhodiy oʻz ocherklaridan birida bolalik xotiralarini shunday yozadi: „Uyimizning tomi loydan boʻlib, bahorda uning ustida oʻt-oʻlanlar chiqib, qip-qizil lolaqizgʻaldoq, koʻk qoʻngiroq gullar oʻsib yotardi. Bu yerdan Samarqandning Registon, Bibixonim, Goʻri amir va boshqa maqbaralarning firuza toshli yodgorliklari koʻzni qamashtirib turardi. Uzoqdan xuddi ajoyib karvon ketayotganga oʻxshardi… Ilk sheʼrlarimni maktabgacha boʻlgan davrimda, alifbodan oldin ongimda yoza boshladim, oʻsha mahalda faqat soʻzlarni bir-biriga taxlab chiqardim“[5].

Raim Farhodiy

Raim Farhodiy Samarqand tibbiyot institutini tamomlagan. Bir muddat Samarqanddagi shifoxonalardan birida shifokor boʻlib ishladi. Oʻsha yillarda Raim Farhodiyning sheʼriyatga qiziqishi ortib, sheʼr yoza boshlaydi. 1964-yilda u oʻzining „Tong qoʻshigʻi“ deb nomlangan birinchi kitobini tugatdi. Keyin „Chumoli metrosi“, „Xayolparast“, „Bogʻshamollari“, „Afrosiyob freskalari“ va boshqa kitoblari chop etildi. Raim Hakimovich sheʼrlari turli gazeta va jurnallarda nashr etila boshlandi. Oʻsha yillarda uning asarlari katta shuhrat qozondi va dunyoning turli tillariga tarjima qilindi.[6] 1973-yilda Moskvadagi oliy adabiy kursni tamomlagan. Keyinroq vatanga qaytgach, „Sharq yulduzi“ jurnalida sheʼriyat boʻlimi mudiri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi.[7][8][9]

Raim Farhodiy uylangan. Ikki qiz va nabiralari bor[10].

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tong qoʻshigʻi
  • „Chumoli metrosi“
  • „Xayolparast“
  • Bogʻ shamollari
  • „Afrosiyob freskalari“
  • „Dorixona uyi“
  • „Dadilroq boʻl, qora quloq“
  • „Quyoshcha, nuringni soch“
  • „Qorakoʻz oʻjar eshak“
  • „Hayvonot bogʻidagi tong“
  • „Qalb torlari“
  • „Quvonch va qaygʻu daraxti“
  • Moviy shahar
  • „Koʻngil koʻchalari“

Raim Farhodiy haqidagi adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Т. Захидова. «Тепло земли». Ташкент: Детская литература, 1975 — 199-201 bet. 
  • С. Мамаджанов. «Поиски и надежды». Ташкент: Детская литература, 1982 — 13-14 bet. 
  • «Писатели Узбекистана». Ташкент: Издательство литературы и искусства, 1984 — 382 bet. 
  • П. Тартаковский. «Границы серда». Ташкент: Звезда Востока, 1978 — 382 bet. 
  • З. Туманова. «На волне детства». Ташкент: Звезда Востока, 1977 — 155-156 bet. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Farxadi Raim“. 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1999 года № УП-2381 «О награждении группы сотрудников сферы науки, здравоохранения, культуры, образования, средств массовой информации и социальной сферы в связи с восьмилетием независимости Республики Узбекистан
  3. 3,0 3,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named autogenerated1
  4. Mejdunarodnaya premiya fonda Doktora Iosifa Shainskogo prisujdaetsya neskolko raz v godu v Los-Andjelese, SShA za vidayuщiysya vklad v blagodenstvie obщestva. Premiya sostoit iz sertifikata i denejnogo voznagrajdeniya v razmere ot $200 do $2.000 dollarov SShA.
  5. May Uzbekistan — Raim Farxadi
  6. Jizn Raima Farxadi
  7. Biografiya Raima Farxadi
  8. Raim Farxadi
  9. „Raim Farxadi. Biografiya“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  10. Poeti Uzbekistana: Raim Farxadi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]