Raheem Sterling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raheem Sterling
Sterling Angliya milliy futbol jamoasi bilan 2018 FIFA Jahon chempionatida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raheem Shaquille Sterling[1]
Tavallud sanasi 8-dekabr 1994-yil (1994-12-08) (29 yosh)
Tavallud joyi Kingston, Jamaica
Boʻyi 5 feet 7 inches (1.70 m)[2]
Ampluasi Winger, hujumchi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2003 Alpha & Omega
2003-2010 Queens Park Rangers F.C.
2010-2012 Liverpool F.C.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2015 Liverpool F.C. 95 (18)
2015-2022 Manchester City F.C. 225 (91)
2022- Chelsea F.C. 3 (0)
Milliy terma jamoa
2009-2010 Angliya U16 7 (1)
2010-2011 Angliya U17 13 (3)
2012 Angliya U19 1 (0)
2012-2013 Angliya U21 8 (3)
2012- Angliya terma jamoasi 77 (19)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-avgust uchun)

Raheem Shaquille Sterling 1994-yil 8-dekabrda tugʻilgan. Ingliz professional futbolchisi, Premier Leaguening „Chelsi“ klubi va Angliya terma jamoasida qanot va hujumkor yarim himoyachisi.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sterling 2016-yilda "Manchester Siti" jamoasi libosida

Ota-onasi Yamaykada tugʻilgan Sterling besh yoshida Londonga koʻchib kelgan. U 2010-yilda "Liverpul" bilan shartnoma imzolashdan oldin „Queens Park Rangers“ jamoasida toʻp surgan. 2014-yilda „Golden boy“ mukofoti bilan taqdirlangan. 2015-yil iyul oyida yangi shartnoma boʻyicha uzoq davom etgan bahsdan soʻng, u "Manchester Siti " tomonidan 49 million funt sterlinglik transferga imzo chekgan. Bu oʻsha paytda ingliz futbolchisi uchun toʻlangan eng yuqori transfer narxi boʻlib, Sterling 2017-18 va 2018-19 yilgi mavsumlarda „Manchester Siti“ga ketma-ket Premer-liga chempionligini qoʻlga kiritishda yordam bergan. 2018-19 yilgi mavsumda u PFA Premer-ligasida yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi va PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va FWA yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlangan.

Terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sterling Angliya terma jamoasidagi debyutini 2012-yilning noyabr oyida oʻtkazgan, Angliya yoshlar jamoasi tarkibida 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan bahslarda ishtirok etgan. U 2014-va 2018-yillarda futbol boʻyicha jahon chempionati va 2016-va 2020-yillarda UEFA Yevropa chempionati uchun Angliya terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Sterling 2011-yilda "Liverpul" tarkibida

Sterling 2010-yilning fevral oyida oʻsha paytdagi akademiya direktori Frenk Makparlend va Rafael Benites tomonidan „Queens Park Rangers“ akademiyasidan "Liverpul" tomonidan 450 000 funt sterlingga boshlangʻich toʻlov evaziga, asosiy jamoada qancha oʻyin oʻtkazganiga qarab 2 million funt sterlinggacha koʻtarilishi mumkin boʻlgan shartnoma tuzishgan[3][4][5].

2012-yil 24-mart kuni Sterling 17 yoshu 107 kunligida „Wigan Athletic“ga qarshi liga oʻyinida „Liverpul“ jamoasi tarkibida zaxira oʻyinchisi sifatida debyut qilgan va klubda oʻynagan eng yosh uchinchi futbolchiga aylangan[6].

2012-yil avgust oyida u klub uchun Yevropadagi debyutini o‘tkazgan hamda UEFA Yevropa Ligasi saralash bosqichi doirasida Gomelga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan[7]. Keyingi hafta Sterling „Bayer Leverkusen“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida birinchi boʻlimda jamoasi tarkibidagi ilk golini urgan. 2012-yilning 23-avgustida u „Liverpul“ safidagi ilk o‘yinini Yevropa ligasi saralash bosqichi doirasida „Harts“ mehmoni bo‘lgan o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba bilan boshlagan[8]. U ligadagi ilk uchrashuvini uch kundan soʻng Enfildda Manchester Siti bilan 2:2 hisobida durang oʻynagan[9]. Sterling 2-sentabr kuni "Arsenal"ga, 15-sentabrda " Sanderlend "ga qarshi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, bitta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan shu bilan bir qatorda Sterling uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 20-oktabr kuni Sterling „Liverpul“ safidagi birinchi yirik raqobatdosh golini „Reading“ga qarshi oʻyinda 1:0 hisobidagi g‘alabaning 29-daqiqasida jarima maydonchasi chetidan zarbasi bilan kiritgan. Natijada u faqat Maykl Ouenni ortda qoldirib, „Liverpul“ safida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylangan[10].

Sterling (oʻngda) 2015-yilda „Liverpul“ safida

2012-yilning 21-dekabrida Sterling shartnomani uzaytirishga qaror qilgan va kelajagini „Liverpul“ga topshirgan[11]. U 2013-yilning 2-yanvarida „Sanderlend“ga qarshi o‘yinda darvozabon Simon Minyoleni ortda qoldirib, 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, klub uchun ligadagi ikkinchi golini kiritgan[12].

2015-yilning 12-iyulida uning dastlabki 44 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transferi bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan. Yana 5 million funt sterling qoʻshimcha pul berilishi, uni barcha davrlarning eng qimmat ingliz futbolchisiga aylantirgan[13][14]. 14-iyul kuni Sterling rasman „Manchester Siti“ga kelib, 5 yillik shartnoma tuzgan[15]. Uning debyuti 10-avgust kuni „Vest Bromvich“ uyida boʻlib, 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan boshlagan[16]. Oʻn toʻqqiz kun oʻtgach, Sterling "Manchester Siti" stadionida "Uotford "ga qarshi oʻyinda (2:0) „Manchester Siti“ uchun birinchi golini kiritgan[17]. Raheem Sterling 17-oktabr kuni „Bornmut“ ustidan 5:1 hisobida g‘alabaga erishganida, faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan[18].

Sterling „Liverpool“ jamoasining kattalar tarkibida 31-avgust kuni Uayt Xart Leynda „Tottenxem“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda ilk golni kiritgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[19]. Sterling „Liverpul“da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan[20].

2022-yilning 13-iyulida Sterling „Chelsi“ bilan 47,5 million funt sterling evaziga 5 yillik shartnoma tuzgan[21]. 6-avgust kuni u Premer-ligada „Everton“ga qarshi safarda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan holda klub debyutini oʻtkazgan[22].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2017-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 5-dekabr.
  2. „Raheem Sterling“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.
  3. Hunter, Andy. „Raheem Sterling: the mother's boy from Jamaica who became a man“. The Guardian (2018-yil 2-iyun). Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
  4. Johnston, Neil. „On the Bench ... With Raheem Sterling, a Winger Catching the Eye at Liverpool“. FanHouse UK. AOL (2011-yil 16-fevral). 2011-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
  5. „10 things you need to know about Raheem Sterling plus video of him in action“. Daily Mirror (2011-yil 16-fevral). Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
  6. „Liverpool 1–2 Wigan Athletic“. BBC Sport (2012-yil 24-mart). Qaraldi: 2012-yil 24-mart.
  7. Bascombe, Chris. „Europa League: FC Gomel 0 Liverpool 1 – match report“. The Daily Telegraph (2012-yil 2-avgust). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  8. „Own goal gives Reds advantage“. ESPN Soccernet (2012-yil 23-avgust). 2018-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  9. „Liverpool 2-2 Man City“.
  10. „Rodgers reveals work behind goal“. Liverpool F.C. (2012-yil 20-oktyabr). 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  11. „Sterling commits future to LFC“. Liverpool F.C. (2012-yil 21-dekabr). 2012-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-dekabr.
  12. „Liverpool 3-0 Sunderland“.
  13. „Raheem Sterling: Man City sign Liverpool winger in £49m deal“. BBC Sport (2015-yil 14-iyul). Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  14. „Man City transfers: Blues agree £49m Raheem Sterling deal“. Manchester Evening News. Qaraldi: 2016-yil 4-aprel.
  15. „Raheem Sterling: Man City sign Liverpool winger in £49m deal“. BBC Sport (2015-yil 14-iyul). Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
  16. „West Brom 0–3 Man City“. BBC Sport (2015-yil 10-avgust). Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
  17. „Raheem Sterling scores his first goal for Manchester City – but doesn't want to talk about it afterwards“. The Daily Telegraph (2015-yil 29-avgust). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Manchester City's Raheem Sterling hits hat-trick in rout of Bournemouth“. The Guardian (2015-yil 17-oktyabr).
  19. „BBC Sport Tottenham Hotspur 0–3 Liverpool“. BBC Sport (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 31-avgust.
  20. „Revealed: August's Player of the Month“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2015-yil 21-oktyabr.
  21. „Raheem Sterling: Chelsea sign forward from Man City for £47.5m, with Thomas Tuchel saying he was their number one transfer priority“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2022-yil 14-iyul.
  22. „Chelsea opened the Premier League season with victory over Everton as Jorginho's penalty decided a scrappy contest at Goodison Park“. BBC (2022-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.