Kontent qismiga oʻtish

Qorasuv dahasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorasuv dahasi — Toshkent shahrining shimoliy-sharqida, Mirzo Ulugʻbek tumani hududida joylashgan. 1980-yilning 1-yarmidan boshlab aholi uchun koʻp qavatli turar joy binolari qurish ishlari borilgan. Qorasuv dahasi tarkibida Qorasuv 1, 2, 3, 4, 6-turar joy mavzelari joylashgan. Daha hududida Qorasuv kanali ham oʻtgan. Hozirgi kunga kelib koʻp qavatli turar joy binolari, savdo va ovqatlanish shoxobchalari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, maishiy va servis xizmat koʻrsatish tashkilotlari, maʼmuriy binolar kabilar joylashgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Qorasuv dahasi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 236-237.