Pulay tog`i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ikkinchi Jahon urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Jahon urushi vaqtida, Pulay togʻi bosqinchi Yaponiya imperatorlik armiyasiga qarshi Britaniya Hamdoʻstligi qoʻshinlarining qal’asi boʻlib xizmat qilgan. Togʻli oʻrmonda hali ham qal’a, relslar, tunnellar, samolyotlar qoʻnadigan joy va quduqlar qoldiqlari mavjud. Odamlarga Ikkinchi Jahon urushi vaqtidagi togʻning holati haqida oʻrgatish uchun nodavlat notijorat tashkilot(NNT)ning Pulay togʻini oʻrmon urushi yodgorligi sifatida qayta tiklash tashabbusi mavjud[1][2].

Gunung Pulayning yopilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gunung Pulai – Pulay daryosining manbai boʻlib Kulay, Mukim Pulaiy (Johor Bahru)va Pontian tumanlaridan oqib oʻtadi. Xitoyning mineral qazib oluvchi kompaniyasi tomonidan olib borilgan konchilik faoliyati Pulay togʻi etagida hududning tabiiy landshaftini haddan tashqari buzilishiga olib keldi[manba kerak]. Togʻ yaqinidagi mahalliy qishloq aholisi 1986 va 2021 yillar oraligʻida 75 tagacha suv toshqini haqida xabar berishdi.[3] 2001-yilning 26-dekabrida sodir boʻlgan eng muhim loy toshqinida 5 kishi halok boʻldi va 4 ta uy vayron boʻldi. Shunday qilib, togʻ 2001 va 2015(Pulay togʻi dam olish oʻrmoni 1 qayta ochilgan)-yillar oraligʻida, tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan edi[4][5].

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻda Pulay sharsharasi va 1- va 2-Pulay togʻidagi dam olish oʻrmonlari mavjud.

Infrastruktura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻda uchta telekommunikatsiya minorasi joylashgan. Ikkisi togʻ choʻqqisida, uchinchisi esa choʻqqidan bir oz pastroqda joylashgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gunung Pulai War History. „Gunung Pulai War History“.
  2. Gunung Pulai War History. „NGO petition the Johor government“.
  3. Gunung Pulai Mud Flood. „75 flood in 35 years“.
  4. Gunung Pulai Mud Flood. „Worst Mud Flood in History“.
  5. Hutan Lipur. „Gunung Pulai dibuka selepas 15 tahun ditutup“. Utusan Online.
  6. Hiking Gunung Pulai. „The Anatomy of a Mountain“. www.travelledpaths.com.