Puchchini Jakomo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

PUCHCHINI (Puccini) Jakomo (1858.22.12, Lukka, Florensiya — 1924.29.11, Bryussel, Milanda dafn etilgan) — kompozitor, italyan mumtoz operasining soʻnggi vakili. Yuyoshidan cherkovda organchi boʻlgan, pianinochi sifatida konsertlarga qatnashgan. Milan konservatoriyasini tugatgan (1883). Jami 12 opera, shuningdek, simfonik, xor, kamer, diniy asarlar yaratgan. Dunyoga mashhur "Manon Les-ko" (1892), "Bogema" (1895), "Toska" (1899), "Baterflyay xonim" ("Chiochiosan", 1903) operalari lirik kuylanishi goʻzalligi va ehtirosligi bilan tinglovchini zabt etadi. P.J. Verdi anʼanalarini rivojlantirib zamona-viy operada yetakchi oʻrin egallagan, oʻziga xos, oʻzgarishlarga boy ariozo-rechitativli uslub yaratgan. P.ning estetik karashlari verizm (italyan sanʼatidagi realistik yoʻnalish) taʼsirida shakllandi. U oddiy insonlar hayotini oʻtkir dramatik holatlarda, ehtiroslar toʻqnashuvida haqqoniy ifodalashga intildi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil