Prozelitizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Prozelitizm - bir dinga ishongan fuqaroni oʻz dinidan voz kechishga va oʻzga dinni qabul qilishga majbur qilish.

Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham koʻrish mumkin. Xususan, bizga qoʻshni boʻlgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qoʻyish bilan bogʻliq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari oʻz farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini oʻz musulmon birodarlari yotgan joyga qoʻyishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmokda.

Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi oʻz oʻgʻlini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, oʻz nabirasini musulmon urf-odatlariga koʻra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola oʻrtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.

Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular oʻz qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.

Yuqoridagi kabi misollarni yana davom ettirish mumkin. Ammo shularning oʻzi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yoʻnalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo boʻlishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 322.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.