Portal:Anime va manga/Tanlangan shaxs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pikachu (yaponcha: ピカチュウ Pikachu?, inglizcha: Pikachu) — Pokémon oʻyinlar turkumidagi, manga va animedagi jonzot. Nintendo va Game Freak kompaniyalariga tegishli anime. Xayoliy olamning maxsus mavjudotlaridan biri boʻlgan pokemoni — Pikachu, yapon oʻyin dizayneri Ken Sugimori tomonidan Game Freak ishlab chiqish guruhi bilan birgalikda yaratilgan va birinchi marta Pokémon Red va Blue kompyuter oʻyinlarida chiqgan, keyinchalik esa qolgan qismlarida ham chiqgan. Pikachu eng taniqli va ommabop Pokemonlardan biri hisoblanadi, chunki u franshizaning rasmiy Maskoti bo‘lib, so‘nggi yillarda yapon pop madaniyatining timsoliga aylandi. Pikachu, boshqa Pokemon Pichudan, rivojlangan va keyinchalik esa Raichuga aylanishi mumkin. Fantastik dunyoda Pikachu Pokemon koʻpincha uylarda, oʻrmonlarda, tekisliklarda, baʼzan togʻlar, orollarda va butun dunyo boʻylab tashlandiq elektr stansiyalarida yashaydi. Elektr tipidagi Pokemon Pikachu elektr energiyasini yonoqlarida saqlaydi va kerak boʻlganda hujum qilish uchun foydalanadi. Oʻyin ichidagi Pokédex Pikachuning Sichqoncha Pokemon ekanligini taʼkidlaydi.

Batafsil...