Olivier Sibony

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olivier Sibony (1967-yilda tugʻilgan) – fransuz maslahatchisi, akademik va yozuvchi hisoblanadi. U bir nechta mashhur kitoblarning muallifi va Daniel Kahneman va Cass R.Sunstein bilan birgalikda „New York Times“ning eng koʻp sotilgan „ Shovqin: Inson hukmidagi nuqson“ kitobining ham hammuallifi[1].

Sibony Parijdagi unversitetlardan birida strategiya va menejment boʻyicha professor boʻlib ishlagan. U yerda 2020-yilda oʻqituvchilik mahorati uchun „Vernimmen“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Sibony Oxford universiteti qoshidagi Said Business Schoolda dotsent sifatida faoliyat olib bordi. Olivier Sibony yana bir qator Fransiyaning nufuzli maktab, litsey va oliy o'quv yurtlarida ishladi.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Sibony 1967-yilda Fransiyaning Parij shahrida tugʻilgan[2]. Ketma-ket Louis-Le-Grand litseyi va Carnot litseyiga oʻqishga kirdi va 1988-yilda ularni tamomladi.

2017-yilda Sibony doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Parij Dauphine universitetida professor Stefani Dameron rahbarligida dissertatsiya yoʻqladi. Uning dissertatsiyadagi mavzusi „Strategik qarorlar qabul qilish jarayonida xatolikni tushunish va oldini olish: xulq-atvor strategiyasining ahamiyati“ edi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil boshidan 2015-yil yakuniga qadar Olivier Sibony McKinsey&Company kompaniyasida ishlagan. Kompanyada 1997-yilda ish boshqaruvchi, 2004-yilda esa katta ish boshqaruvchi etib saylangan[4]. Uning asosiy vazifasi chakana savdo va katta sektorlarda strategiyaning oʻsishiga qaratilgan vazifalar edi. Faoliyati davomida u kompanyaning Parij, Nyu York va Brusseldagi ofislarida ish boshqaruvchi va direktor sifatida ishlagan. Bundan tashqari Olivier Sibony ko'plab tadqiqotlarni amalga oshiradi.

2015-yilda Sibony HEC Parij unversitetining fakultetlaridan biriga ishga kirdi. Hozirda ushbu fakultetning strategiya boʻlimida professor hisoblanadi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Home“ (en-GB). The Noise Book. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  2. „About Olivier“ (en-US). Olivier Sibony. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  3. https://theses.hal.science/tel-01763059/file/These-Finale--SIBONYh.pdf
  4. „Olivier Sibony, Affiliate Professor“ (en). HEC Paris. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.
  5. „Olivier SIBONY, Professeur (Education Track)“ (fr). HEC Paris. Qaraldi: 2023-yil 25-fevral.