Olivier Monterrubio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olivier Monterrubio (talaffuzi: Oliver Monterubi; 1976-yil 8-avgustda Fransiyada tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Nantes“ va „Rennes“ jamoalaridagi oʻyinlari bilan tanilgan. Ushbu klublarda hujumchi vazifasini bajargan.

Olivier Monterrubio
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 8-avgust 1976-yil (1976-08-08) (47 yosh)
Tavallud joyi Gaillac, Fransiya
Boʻyi 1.70m
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2001 Nantes 91 (28)
2001—2006 Stade Rennais 215 (41)
2007—2008 Lens 67 (12)
2008-2009 Sion 35 (11)
2009—2011 Lorient 20 (4)
Milliy terma jamoa
1999—2007 Fransiya B 3 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Monterrubio oʻz faoliyatini 1996-yilda „Nantes“ futbol klubida boshlagan. 1998—1999-yilgi mavsumda Olivier Monterrubio klubga Fransiya kubogini yutishda yordam bergan va oʻzi Fransiyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Keyingi mavsumda Olivier Monterrubio klubga yana kubokni yutishda yordam bergan va bir yildan soʻng Fransiya chempioni boʻlgan.

2001-yilning yozida Olivier Monterrubio „Nantes“ futbol klubining asosiy raqibi, „Rennes“ futbol klubiga oʻtgan. 2004—2005-yilgi mavsumda Olivier Monterrubio jamoa sardoriga aylangan. Monterrubio 2004—2005 va 2005—2006-yilgi mavsumlarda Fransiya chempionatidagi eng koʻp gollarga assistentlik qilgan va 2006—2007-yilgi mavsum oxirida assistentlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan. „Rennes“ futbol klubida u besh mavsum oʻynab, 215 oʻyinda qatnashgan va 41 ta gol urgan.

2008-yilning yozida Olivier Monterrubio Shvetsariyaning „Sion“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 19-iyul kuni Olivier Monterrubio Shvetsariya Superligasida „Aarau“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 24-iyul kuni „Young Boys“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Olivier Monterrubio o‘zining yangi jamoasidagi ilk golini penaltini aniq amalga oshirgan[2]. Mavsum oxirida u Fransiyaga qaytib kelgan va u yerda ikki mavsum „Lorient“ futbol klubida oʻynadi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Monterrubio Fransiyada oʻz avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri boʻlishiga qaramay, terma jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. Uch marta Olivier Monterrubio Fransiya terma jamoasiga o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun chaqirilgan, biroq Olivier Monterrubio hech qachon maydonga tushmagan.

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
FC Nantes Fransiya 1996—2001
Stade Rennes Fransiya 2001—2006
RC Lens Fransiya 2007—2008
FC Sion Fransiya 2008—2009
FC Lorient Fransiya 2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Арау VS. Сьон 3:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 19-iyul). 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-sentyabr.
  2. „Сьон VS. Янг Бойз 2:1“ (ru). soccerway.com (2008-yil 24-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-sentyabr.