Ohod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohod (arab. yolgʻiz, yagona) - isnodning muhaddisga yetib borishi boʻyicha boʻlinishining mutavotirdan keyingi bir turi. Istilohda - roviylar soni mutavotir darajasiga yetmagan hadis tushuniladi. Ozchilik kishilardan rivoyat qilingan hadis. Shuning uchun nazariy ilm hisoblanib, tekshiruv va dalil qidirishga muhtojdir. Ohod hadis bilan sobit boʻlgan hukmga amal qilish vojib sanaladi. U mashhur, aziz, gʻarib kabi turlarga boʻlinadi. Ammo hanafiy mazhabi olimlari mashhur hadisni ohod turiga kiritmay alohida tur sifatida ajratadilar va hadislarni yetib kelishi boʻyicha - mutavotir, mashhur va ohodga boʻladilar. Ohod hadislar amal qilinishi boʻyicha maqbul va mardudga boʻlinadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 313.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.