Ohangaron tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ohangaron tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi

Rasmiy veb-sayt

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabi 1980-yil yangi qurilish yoʻli bilan sobiq 35-maktab negizida foydalanishga topshirilib, Hozirgi kunda „Ohangaron tumani 1-son kasb-hunar maktabi“ maqomida faoliyatini yuritib kelmoqda. Quvvati 750 oʻrin. Hozirgi kunda 375 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 06-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-581-son farmoniga asosan, Ohangaron tuman 1-son kasb-hunar maktabiga aylantiridi.

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim muassasida oʻquv xonalari, innovatsiyon xonalar, oʻquv ustaxonasi (chilangarlik ishi, Koreya davlatidan olib kelingan payvandlash jihozlari mavjud, 70 oʻrinli axborot-kutubxona markazi, hamda 300 oʻrinli faollar zali, oʻquv laboratoriya xonalari, bufet, sport zal mavjud. Kasb-hunar maktabida jami 26 nafar oʻqituvchi: 14 nafari oliy maʼlumotli, 16 nafari ichki oʻrindosh 6 nafari, tashqi oʻrindosh Shu jumladan 3 ta katta oʻqituvchi 3 ta yetakchi oʻqituvchi 9 nafar ishlab chiqarish taʼlim ustalari (4 nafar oliy maʼlumotli, 5 nafari oʻrta maxsus maʼlumotli) iborat.

Qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasb-hunar maktabida 2024-2025 oʻquv yili uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 9-sinf bitiruvchilari qabuli rejalashtirilgan:

• 30610401 Axborot vositalari, mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori kompyuter injinirligi („AT-servis“, „Axborot xafsizligi“, „Multimediya texnologiyalari“)
• 30610810 Aloqa operatori
• 30710404 Qozonhona qurilmasi mashinisti
• 30711201 Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari) payvandlash
• 30710701 Elektrik
• 3072001 Laborant – analitik
• 31030101 Oʻt oʻchiruvchi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Rasmiy veb-sayt“ (2024-yil 25-mart). Qaraldi: 2024-yil 25-mart.