Oblivion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oblivion

Filmning kinoteatrlarda namoyish etilgan posteri
Rejissyor(lar) Joseph Kosinski
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
Oblivion
–Joseph Kosinski
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Claudio Miranda
Muharrir(lar) Richard Francis-Bruce
Studiya(lar)
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 26-mart, 2013-yil(2013-03-26) (Buenos Ayres)
  • 19-aprel, 2013-yil(2013-04-19) (AQSh)
Davomiyligi 124 daqiqa[1]
Mamlakat AQSh[2][3]
Til inglizcha
Byudjeti $120 million AQSh dollari[4]
Daromadi $287.9 million AQSh dollari[4]

Oblivion – 2013-yili amerikalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan post-apokaliptik jangari-sarguzasht film. Prodyuser va rejissyor – Joseph Kosinski, ssenariy mualliflari Karl Gajdusek va Michael deBruyn. Bosh rollarda: Tom Cruise, Morgan Freeman, Olga Kurylenko, Andrea Riseborough, Nikolaj Coster-Waldau hamda Melissa Leo. Kosinskining hali tugallanmagan shu nomli romaniga asoslangan holda suratga olingan. Filmda 1970-yillarning ilmiy toʻqima janri uslublaridan hamda Yer sharida oʻzga sayyoraliklar bilan 2077-yilda sodir boʻlayotgan urush davomida tugʻilgan „sevgi qissasi“ tasvirlangan. Oʻz topshirigʻini tugallash arafasida boʻlgan usta-mexanik halokatga uchragan kosmik kema qoldiqlari orasidan bir ayolni topib oladi. Bu esa oʻz navbatida bosh qahramonning oldiga qoʻygan maqsadini oʻzgartirishiga undaydi hamda davom etayotgan urush haqida koʻproq maʼlumot olish istagini uygʻotadi[5][6][7][8][9].

Oblivion filmining premyerasi 2013-yilning 26-mart kuni kuni Buenos-Ayres boʻlib oʻtgan. Universal Pictures tomonidan 19-aprel sanasidan kinoteatrlarda namoyish etila boshlangan[10]. Film 120 million dollarlik byujeti bilan butun dunyo boʻylab 286 million dollar daromad qiladi hamda tanqidchilar tomonidan turli xil tanqidiy fikrlar ostida qoladi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

2077-yilda Jack ismli usta-mexanik va kommunikatsiyalar boʻyicha xodim Victoria Yer yuzida qolgan oxirgi insonlar sifatida namoyon boʻladi. 2017-yili axlattitar oʻzga sayyoraliklar oyni yoʻq qilib, Yerni bosib olishadi. Odamlar urushda gʻalaba qozonsa-da, yadroviy qurollardan foydalanish Yerdagi hayotni yoʻq qilib yuborar edi. Jack hujum dronlarini sozlash bilan shugʻullanib, dengiz suvini termoyadro sinteziga aylantiruvchi gidrotermal platformalarni himoya qilish bilan birga axlattitarlarga qarshi davomli kurash olib boradi. Jackning ishlari „Tet“ kemasi (Yer atrofida kuniga bir marta aylanuvchi kosmik stansiya) komandiri Sallinga xabar qilinadi. Ikki hafta ichida kosmik kema ishchi guruh Saturn yoʻldoshi hisoblanmish Titanga koʻchib ketishadi. Garchi ushbu ikki qahramonning xotiralari oʻchirib tashlangan boʻlsa-da, Jack jangdan oldingi hayotini qandaydir bir ayol bilan boʻlganligini gʻira-shira eslaydi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oblivion (12A)“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 2013-yil 3-aprel.
  2. „Oblivion (2013)“. TCM Movie Database. 2014-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  3. „Oblivion (2013)“. American Film Institute. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-iyul.
  4. 4,0 4,1 Oblivion (2013)“. The Numbers. 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-sentyabr.
  5. MACDONALD. „That Oblivion "graphic novel" will probably never be PUBLISHED“ (EN-US). The BEAT (2013-yil 1-aprel). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  6. „CCI: Kosinski Illuminates "Oblivion" | CBR“. WWW.CBR.COM (2010-yil 22-iyul). 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  7. GOLDBERG. „Disney Locks Down OBLIVION for TRON: LEGACY Director Joseph KOSINSKI“ (EN-US). COLLIER (2010-yil 4-avgust). 2020-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  8. „/Film Interview: 'Oblivion' Director Joseph KOSINSKI“ (EN-US). /FILM (2013-yil 19-aprel). 2019-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.
  9. Director Joseph Kosinski and actor Tom Cruise talk about Oblivion (2013).
  10. „Joseph Kosinski's Tom Cruise Vehicle 'Oblivion' Moves To April 2013“ (EN-US). /FILM (2012-yil 15-mart). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]