O’tkir gerpetik stomatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘tkir gerpetik stomatit yuquvchanligi yuqori bo‘lganligi uchun immun holati shakllanmaganlar orasida ko‘p uchraydi. Infeksiya havo tomchi yo‘li orqali yuqadi.

Organizm ning umumiy zaharlanishi va kasallikning mahalliy belgilarini yuzaga kelish darajasiga qarab, kasallik yengil, o‘rta va og‘ir shakllarda kechadi.

Bolaning tana harorati 40°C gacha ko‘tariladi, kuchsizlanadi, boshi og‘riydi, ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngil aynash va qusish kabi holatlar kuzatiladi. Jag‘ osti limfa tugunlari kattalashadi. Tana harorati ko‘tarilayotgan vaqtda, shilliq pardada qizarish, shish kuzatiladi va pufakchalar paydo bo‘ladi. Pufakchalar tezda yoriladi, ularning o‘rnida 0,5–1 sm kattaliklardagi oval yoki dumaloq shaklda ega bo‘lgan yarachalarga o‘xshash nekrozli eroziya (tibbiyot) paydo bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechganida toshmalar yuz terisida ham paydo bo‘ladi. O‘tkir gerpetik stomatitning aniq belgilaridan biri bu soʻlak ajralishi kuchayishi, so‘lakning quyqalashishi, og‘izda hid paydo bo‘lish holatlari kuzatiladi. Tashxis kasallikning klinik ko‘rinishi va epidemiologiyasi asosida qo‘yiladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy davolash ya’ni virusga qarshi davo o‘tkazish kerak. Buning uchun oksalinning 0,25–1% li tebrofenning 1–2% li geliomitsinning 1% li mazlari, Interferon, prodigiozon va boshqa aralashmalar surtiladi. Bu dori vositalari kuniga 3–4 marta surtiladi. Kasallik belgilari so‘nayotgan vaqtda kuchsiz antiseptik va keratoplastik vositalar qo‘llanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

[2]

  1. Stomatologik kasalliklar. Toshkent: Voris-nashriyot, 2016 — 95-96 bet. 8-dekabr 2022-yilda qaraldi. 
  2. X.P. Komilov. «Terapevtik stomatologiya. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi kasalliklari» – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2005-y..