Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Taʼsis qurultoyi Qaroriga binoan tuzildi, uning Dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya raisi qilib I.A.Karimov saylandi. Bu partiyaning aʼzolari soni 450 mingga yaqin. 1994 yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 foizdan ziyodini tashkil qildilar.

Oʻzbekiston XDPning dasturi quyidagilardan iborat:

  • milliy mustaqillikni mustahkamlash;
  • tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va maʼnaviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan, qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish;
  • kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy eʼtiqodlaridan qat’iy nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
  • fuqarolarning erkinlar va xuquqlari, tinch hayot kechirishlarini kafolatlash.

Bu maqsadlarni keng targʻib qilish maqsadida 1993 yil dekabrda Oʻzbekiston XDPning milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan.

XDPning nashrlari: «Oʻzbekiston ovozi», «Голос Узбекистана» gazetalari va «Muloqot» jurnali.

XDP oʻz saflarida keng ommani — ziyolilar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, tadbirkorlar, yoshlar, fayxriylarni, 80 ga yaqin millat va elat vakillarini birlashtiradi.