Oʻzbekiston Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (Fidokorlar) 1999 yil 4 yanvarda tashkil etilgan.

Bu partiya oʻz nomi bilan vatan fidokorlarini, vatan ravnaqi uchun kuyib, yonib yashaydigan oʻzbekiston fuqarolarini birlashtirdi.

«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi oʻz maqsad va niyatlari bir xil boʻlganligi uchun «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan birlashdi va hozirda «Fidokorlar» nomi iostida oʻz faoliyatini davom ettirmoqda.

1999 yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlarda partiya deputatlikka oʻz nomzodlarini qoʻydi. 2000 yil yanvardagi Ozbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovlarda «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi nomidan prezidentlikka Islom Abdugʻaniyevich Karimov nomzodi koʻrsatildi.