O'rta asr arab adabiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

[1]Arablarning orta asr adabiyotida uchta davrni ajratish mumkin:

ilk orta asr adabiyoti (VII asr oxiri  VIII asr ortalari);

klassik adabiyotning gullab yashnagan davri (VIII asr ortalari  XII asr);

kech orta asr adabiyoti (XIIIXVII asrlar).

Orta asr arab sheriyati saroy, madhiya xususiyatiga egaligiga qaramay, unda qabilaviy sheriy ananalar hali juda kuchli bolgan. Bu davrdagi nasr, xuddi qadimgi arab nasri singari, hamon ogzaki, «notiqlik» xususiyatiga ega. Mumtoz arab adabiyotining gullab-yashnagan davri  xalifalikning kop sonli xalqlari arab madaniyatini yaratish jarayonida keng ishtirok etgan davr. Bu davrga nasr va nazmning barcha janrlari  ishqiy va falsafiy lirika, madhiya sheriyati, qisqa hikoyalar va shu kabilarning gullab-yashnaganligi xosdir. Nihoyat, kech orta asrlardagi arab adabiyotiga saroy sheriyatining tanazzuli hamda sufiylik lirikasi, shahar hikoyanavisligi va xalq romanchiligining yuksalishi xosdir. VIIIXV asrlardagi arab-ispan (andaluziya) adabiyoti orta asr arab adabiyotining alohida tarmogidir. Arab mumtoz adabiyotini organish arab mamlakatlarining ozlarida ham, sobiq Ittifoq davri va Garb mamlakatlarida ham katta ananaga ega. Orta asr arab olimlari (antologiyalar tuzuvchilari, sharhlovchilar va adabiyot nazariyachilari) hamda hozirgi zamon arab adabiyotshunoslari (Jorji Zaydon, Muhammad Kurd Ali, Anis al-Maqdisiy, Taxa Husayn, Shavqi Dayf, Fuad al-Bostoniy, Marun Abbud va boshqalar) arab adabiyoti tarixining ayrim masalalarini tadqiq etish uchun ham, butun adabiy jarayonning manzarasini tiklash uchun ham kop ishlar qildilar.Arab adabiyoti tarixini organishga rus tadqiqotchilari V. R. Rozen, I. Yu. Krachkovskiy, A. Ye. Krimskiy ham katta hissa qoshganlar. Arab adabiyoti tarixida I. Yu. Krachkovskiy oz kitobi, maqolasi yoki qisqa xotirasini bagishlamagan taniqli shoir yoki yozuvchisini topish qiyin. Afsuski, taniqli rus olimining umumlashtiruvchi xususiyatga ega bolgan rejalashtirgan asarini tamomlashiga kopgina sabablar xalal bergan. U rejalashtirgan jamoaviy asar haqida faqat uning xomaki rejasiga qarabgina xulosa chiqarishimiz mumkin. Garbiy Yevropa olimlaridan Silvestr de Sasi, Xammer, T. Neldeke, F. Vyusten feld, Ye. Levi-Provansal, A. Peres, I. Goldsier, K. Brokelmann, R. A. Nikolson, X. A. R. Gibb, R. Blasher, J. Gabrieli ham arab mumtoz adabiyotini tadqiq etish borasida kop mehnat qildilar. Arab, rus va Garbiy Yevropa olimlarining ishlari natijasida arabshunoslik hozirgi zamon sharqshunosligining eng rivojlangan sohalaridan biriga aylandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. mumtoz arab adabiyoti o'quv qo'llanma Ziyovuddinova M Toshkent - 2011.