Nirmala Sitharaman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nirmala Sitharaman
Tavalludi 18-avgust 1959
Fuqaroligi India
Millati Hind
Sohasi iqtisodchi va siyosatchi
Ish joylari Matbuot kotibi, Bosh vazir kabinetida kichik vaziri, Hindiston mudofaa vaziri, Moliya va korporativ ishlar vaziri
Institutlar Ramasvami kollejida bakalavr va Dehlidagi Javoharlal Neru universiteti magistri
Mukofotlari Ajoyib bitiruvchilar
Turmush oʻrtogʻi Parakala Prabxakar

Nirmala Sitharamanhind davlat va siyosat arbobi. 2019-yil 30-maydan Hindiston moliya vaziri [1] .

Hindiston parlamenti yuqori palatasining aʼzosi. Ilgari u Hindiston mudofaa vaziri bo‘lib ishlagan va shuningdek mamlakatda ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol hisoblanadi.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nirmala Sitharaman Hindistonning Madurai shahrida oʻrta hol oilada tugʻilgan [2] . U 1980 yilda Seethalakshmi Ramasvami kollejida iqtisod boʻyicha bakalavr darajasini va 1984 yilda Dehlidagi Javoharlal Neru universitetida iqtisod boʻyicha sanʼat magistrini oldi.

Siyosiy martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2006 — yilda Bharatiya Janata partiyasiga aʼzo boʻldi va 2010 — yilda uning matbuot kotibi etib tayinlandi [3] . 2014- yilda u Bosh vazir Narendra Modi kabinetiga kichik vazir sifatida ishlay boshladi. Shuningdek 2014-yil iyun oyida u Hindiston parlamentining yuqori palatasi deputati etib saylandi. 2016-yil may oyida u parlamentning yuqori palatasiga saylovda Bharatiya Janata partiyasidan 12 nomzoddan biri bo‘ldi va o‘z o‘rnini muvaffaqiyatli saqlab qoldi [4] . 2017-yil 3-sentabrda u Hindiston mudofaa vaziri etib tayinlandi va shu tariqa ushbu lavozimni egallagan Indira Gandidan keyin mamlakatdagi ikkinchi ayolga aylandi.

2019-yil 31-mayda u Moliya va korporativ ishlar vaziri etib tayinlandi [5] . U mamlakatda moliya vaziri lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi [6] . 2019-yil 5-iyulda u Hindiston parlamentiga birinchi byudjet rejasini taqdim etdi. Hindistonda koronavirus pandemiyasi paytida u iqtisodiy javob guruhi rahbari etib tayinlandi [7] .

Siyosatdan tashqari karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nirmala Sitharaman Londondagi Habitat uy bezaklari doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlagan [8] . Buyuk Britaniyadagi faoliyati davomida u PricewaterhouseCoopers kompaniyasida katta menejer boʻlib ishlagan, soʻngra qisqa muddat davomida BBC Jahon xizmatida ishlagan [9] .

2017-yilda u Ayollar boʻyicha milliy komissiyasi aʼzosi boʻldi [10] .

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Javoharlal Neru universiteti Sitharamanga „Ajoyib bitiruvchilar“ mukofotini topshirdi [11] . 2019-yilda Forbes jurnali Sitharamanni dunyodagi 100 ta eng kuchli ayollar orasida 34-oʻringa qoʻydi [12] .

oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nirmala Sitharaman turmush o‘rtog‘i Parakala Prabxakar bilan Javoharla‘l Neru universitetida o‘qiyotganda tanishgan. 1986-yilda ular turmush qurishdi va er-xotinning qizi tugʻildi[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Who Gets What: Cabinet Portfolios Announced. Full List Here“. ndtv.com. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  2. „A power couple whom AP looks up to“. timesofindia.indiatimes.com. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  3. „BJP gets a JNU product as its woman spokesparson“. timesofindia.indiatimes.com. 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  4. „Nirmala elected to Rajya Sabha (27.06.2014)“. thehindu.com. 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  5. „Nirmala Sitharaman appointed Finance Minister in Modi govt 2.0 as Arun Jaitley retreats“. financialexpress.com. 2019-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  6. „PM Modi allocates portfolios. Full list of new ministers (31.05.2019)“. livemint.com. 2019-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  7. „Coronavirus in India: Economic task force yet to be formed; no decision on relief package (21.03.2020)“. businesstoday.in. 2020-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  8. „The rise and rise of Nirmala Sitharaman: From spokesperson to defence minister“. business-standard.com. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  9. „In Nirmala Sitharaman, India Gets Its Second Woman Defence Minister After Indira Gandhi“. huffingtonpost.in. 2020-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  10. „Who is Nirmala Sitharaman, India’s first full-time woman Defence Minister“. financialexpress.com. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  11. 11,0 11,1 „Nirmala Sitharaman, Jaishankar to get JNU’s Distinguished Alumni Award“. thehindu.com. 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  12. „#34 Nirmala Sitharaman“. forbes.com. 2019-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.