Nigoriston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozi Ahmad G‘afforiydan “Nigoriston” nomli mashhur kitob qolgan (1552 y. yozilgan). Asar Shoh Tahmosp I ga bag‘ishlangan bo‘lib, islom podsholari va mashhur kishilar hayoti bilan bog‘liq 330 latifani o‘z ichiga oladi. Latifalar xronologik tartibda (sulolalar bo‘yicha) berilgan.

“Nigoriston” islomning paydo bo‘lishidan to muallifning zamonigacha o‘tgan davr ichida mamlakatlar va xalqlarning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.

Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p va Eron, Hindiston, Turkiya, SSSR, Agnliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya va Chexoslovakiyada saqlanadi.

Matni Bombay (1829, 1859) va Tehron (1962) da chop etilgan. Ayrim parchalar akademik Dorn tarafidan 1858 yili Peterburgda nashr qilingan. Mazkur asarning “Olti” barmoq laqabi bilan mashhur bo‘lgan Sulaymon ibn Muhammad (1622 y. vafot etgan) tarafidan amalga oshirilgan turkcha-usmonlicha tarjimasi ham bor va To‘pqopi saroyi hamda Tabriz kutubxonalarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).