Nick Bjugstad
Nick Bjugstad | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
17-iyul 1992-yil Blaine, Minnesota, AQSh | ||
Boʻyi | 6 ft 6 in (198 cm) | ||
Ogʻirligi | 218 lb (99 kg; 15 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | Himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Oʻng qanot | ||
NHL Sobiq jamoalar |
Arizona Coyotes Florida Panthers Pittsburgh Penguins Minnesota Wild | ||
Milliy jamoa | AQSh | ||
NHLga kirish drafti |
19-oʻrin, 2010 Florida Panthers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2013—hozirgacha |
Nicholas Jay Bjugstad (talaffuzi: Nik Bjugstad; 1992-yil 17-iyulda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) Arizona Coyotes jamoasida oʻynamoqda. U Florida Panthers jamoasi tomonidan 2010-yilgi NHLga kirish draftining birinchi bosqichida (umumiy 19-oʻrin) jamoa tarkibiga tanlangan[1].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yilning yozida Bjugstad oʻrta maktabdagi jamoadoshlariga sodiqligi tufayli AQSh xokkey terma jamoasini rivojlantirish dasturida mashq qilish taklifini rad etgan[2]. Bjugstad 2010-yilda Blaine oʻrta maktabida tugatib, maktabni ketma-ket uchta Minnesota shtatidagi oʻrta maktab xokkey turnirida ishtirok etishiga katta yordam bergan[3].
Bjugstad oʻzining kollejdagi faoliyatini 2010-yilda Minnesota Golden Gophers kollejida boshlagan. U yerda uch yil davomida jami 54 gol va 44 golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bilan birga jamoa ikkita WCHA chempionligini qoʻlga kiritgan.
Florida Panthers[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bjugstad oʻzining muvaffaqiyatsiz mavsumidan soʻng Gophers jamoasini tark etgan va 2013-yil 3-aprelda Florida Panthers jamoasi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzolagan[4]. Bjugstad 38 ochko bilan „Panters“ jamoasida yetakchilik qilgan va 2013—2014-yillarda 16 gol bilan uchinchi oʻrinni egallagan. 2014-yilning 31-dekabrida Bjugstad Panthers jamoasi bilan 24,6 million dollarlik shartnomani olti yilga uzaytirgan[5].
Bjugstad oʻzining birinchi NHLdagi xet-trikini 2018-yil 6-martda Tampa Bay Lightning jamoasiga qarshi oʻyinda qayd etgan[6].
Pittsburgh Penguins[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018—2019-yilgi mavsumda, 2019-yilning 1-fevralida Bjugstad jamoadoshi Jared McCann bilan birga Pittsburgh Penguins jamoasiga Derick Brassard, Riley Sheahan, 2-raund va ikkita 4-raund tanlovi uchun almashtirilgan[7].
Minnesota Wild[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 11-sentyabrda Bjugstad 2021-yilgi NHL kirish draftida shartli tanlov bilan Minnesota Wild jamoasiga almashtirilgan[8]. Pandemiya tufayli kechiktirilgan 2020—2021-yilgi mavsumda Minnesota Wild jamoasida Bjugstad 44 oʻyinda 6 gol va 17 ochko toʻplagan.
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
GP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2007—2008 | Blaine High School | MNHS | 16 | 10 | 17 | 27 | — | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Blaine High School | MNHS | 25 | 26 | 25 | 51 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Blaine High School | MNHS | 25 | 29 | 31 | 60 | 24 | 5 | 6 | 3 | 9 | 2 | ||
2010—2011 | University of Minnesota | WCHA | 29 | 8 | 12 | 20 | 51 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | University of Minnesota | WCHA | 40 | 25 | 17 | 42 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | University of Minnesota | WCHA | 40 | 21 | 15 | 36 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Florida Panthers | NHL | 11 | 1 | 0 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Florida Panthers | NHL | 76 | 16 | 22 | 38 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Florida Panthers | NHL | 72 | 24 | 19 | 43 | 38 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Florida Panthers | NHL | 67 | 15 | 19 | 34 | 41 | 5 | 2 | 2 | 4 | 2 | ||
2016—2017 | Florida Panthers | NHL | 54 | 7 | 7 | 14 | 22 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Florida Panthers | NHL | 82 | 19 | 30 | 49 | 41 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Florida Panthers | NHL | 32 | 5 | 7 | 12 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Pittsburgh Penguins | NHL | 32 | 9 | 5 | 14 | 14 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2019—2020 | Pittsburgh Penguins | NHL | 13 | 1 | 1 | 2 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Minnesota Wild | NHL | 44 | 6 | 11 | 17 | 17 | 6 | 1 | 0 | 1 | 2 | ||
2021—2022 | Minnesota Wild | NHL | 57 | 7 | 6 | 13 | 20 | — | — | — | — | — | ||
NHLdagi ochkolari | 540 | 110 | 127 | 237 | 235 | 15 | 3 | 2 | 5 | 6 |
Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Jamoa | Musobaqa | Natija | GP | G | A | Pts | PIM | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2011 | United States | WJC | 6 | 2 | 2 | 4 | 0 | ||
2012 | United States | WJC | 7 | 6 | 4 | 2 | 6 | 0 | |
2013 | United States | WC | 10 | 0 | 2 | 2 | 0 | ||
2017 | United States | WC | 5 | 8 | 1 | 3 | 4 | 4 | |
Oʻsmirlar jamoasidagi ochkolari | 12 | 6 | 4 | 10 | 0 | ||||
Kattalar jamoasidagi ochkolari | 18 | 1 | 5 | 6 | 4 |
Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mukofot | Yil | |
---|---|---|
Kollej | ||
Butun WCHA birinchi jamoasi | 2011—2012 | |
AHCA West 2-jamoasi | 2011—2012 | |
Butun WCHA uchinchi jamoasi | 2012—2013 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „2010 NHL Entry Draft“. National Hockey League. Qaraldi: 2010-yil 28-iyun.
- ↑ LaVaque, David. „Blaine junior's goals within reach“. Star Tribune (2009-yil 14-oktyabr). 2009-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
- ↑ Morreale, Mike G. „Bjugstad wins Minnesota Mr. Hockey Award“. National Hockey League (2010-yil 15-mart). Qaraldi: 2010-yil 30-iyun.
- ↑ „Panthers sign Nick Bjugstad to Entry-Level contract“. Florida Panthers (2013-yil 3-aprel). 2013-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ „Panthers sign Center Nick Bjugstad to 6-year deal“. ESPN (2014-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
- ↑ Olive. „5 Takeaways: Bjugstad's Hat Trick Helps Panthers Claim Point in Tampa“. NHL.com (6-mart 2018-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
- ↑ „Brassard, Sheahan traded to Panthers by Penguins“. National Hockey League (1-fevral 2019-yil). Qaraldi: 1-fevral 2019-yil.
- ↑ „Bjugstad traded to Wild by Penguins for draft pick“. NHL.com (11-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2020-yil.