Neokonfutsiylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hokimiyatga Li sulolasi kelishi bilan neokonfutsiylik yangi davlat g'oyasiga aylangan Jamiyat taraqqiyoti uchun bo'lgan ehtiyoj "nirvana"ga bo'lgan buddaviylik yo'nalishi va hayotga bo'lgan munosabat kabi yechilmagan muam-molarni faol va amaliy tarzda yechishni talab qilar edi. Buddaviylik barcha falokatlaming sababchisi deb e'lon qilindi. Buddaviylik ibodatxonalari qaram dehqonlaridan mahrum bo'ldi va ularga tegishli yerlar bir necha barobar qisqartirildi. Aynan mana shunday sababga ko'ra daotsizm ham o'zining tarafdorlaridan mahrum bo'ldi (1518 yil Seulda markaziy daotsiylik ibodatxonasi yopilgan). Seulda va viloyatlarda konfutsiylik maktablari ochilgan. Davlat Kengashi bilan birga davlat maslahatchilari Palatasi ham joriy etilgan bo'lib, unga konfutsiy olimlari kirgan. XVI asrda konfutsiy olimlar sharafiga bag'ishlangan konfutsiylik ibodatxonalari sovonlar tashkil qilingan bo'lib, vaqt o'tishi bilan ular mahalliy siyosiy markazlarga aylangan.

Konfutsiylikning mavqei kuchayishi natijasida Koreyada ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Avvalo, qirolga barcha itoat qilishi bilan bog'liq konfutsiylik me'yorlari mustahkamlandi, bu markazlashgan davlatning muhim sharti edi. Boshqa tomondan, xatolarni e'tirof etib, ularni tuzatish yo'li bilan kamolotga erishish qirollik oilasiga ham joriy qilinishi, davlat boshlig'i tomonidan yaqinlari va olimlarni ro'yxatga kiritib, boshqaruvda yangiliklar joriy etilishiga sabab bo'ldi. Koreya qirollari xalqqa qilgan murojaatlarida o'z xatolarini bir necha marta tan olgan va ulami tuzatishga va'da bergan. Koreya tarixida qirollik boshqaruvini takomillashtirish borasida olimlar va amaldorlar o'zlarining takliflarini bildirganlar.

•Foydalanilgan adabiyotlar: V.Xan Koreya Tarixi-2013