Neil Martin Kilkenny

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neil Martin Kilkenny (inglizcha: Neil Martin Kilkenny; 1985-yil 19-dekabr, Enfild Town, London, Angliya) — avstraliyalik futbolchi"Pert Glori" klubi va Avstraliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

4 yoshida Kilkenni oilasi Avstraliyaga koʻchib oʻtgan. 11 yoshida ular Angliyaga qaytishgan.

Neil Martin Kilkenny Futbol
Toʻliq ismi

Neil Martin Kilkenny

Tugʻilgan

19-dekabr 1985-yil(1985-12-19) (36 yosh)

Enfild-Taun, London, Angliya

Fuqaroligi

Flag Avstralii Avstraliya

Flag Anglii Angliya

Boʻyi

173 cm

Vazni

67 kg

Pozitsiyasi
Klub haiqda maʼlumotlar
Klub

Flag Avstralii Pert Glori

Raqam

88

Yoshlar klubi
2002—2004 Flag Anglii Arsenal
Jamoalardagi faoliyati
2004—2008 Flag Anglii Birmingem City 26 (0)
2004—2005 Flag Anglii Oldem Atletik 27 (4)
2007—2008 Flag Anglii Oldem Atletik 20 (1)
2008 Flag Anglii LidsUnited 1 (0)
2008—2011 Flag Anglii LidsUnited 122 (8)
2011—2014 Flag Anglii Bristol City 68 (1)
2013—2014 Flag Anglii Preston Nort End 7 (0)
2014—2016 Flag Anglii Preston Nort End 72 (3)
2016—2017 Flag Avstralii Melburn City 28 (2)
2018—h.k. Flag Avstralii Pert Glori 68 (13)
Milliy terma jamoada
2003 Flag Anglii Angliya (U18) 2 (0)
2003 Flag Irlandii Irlandiya (U19) 1 (0)
2004—2005 Flag Anglii Angliya (U20) 3 (0)
2007—2008 Flag Avstralii Avstraliya (U 23) 10 (0)
2006—2011 Flag Avstralii Avstraliya 15 (0)
Xalqaro medallari
Osiyo kubogi
Kumush Qatar 2011

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kilkenni Avstraliyada futbol oʻynay boshladi. Angliyaga qaytgach, u LondonningArsenal“ futbol akademiyasiga qabul qilingan. Oʻqishni tugatgandan keyin, unga "Manchester United",Aston Villa“ va „Leicester City“ qiziqish bildirishgan.

2004-yilda Nil „Birmingem City“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Kilkenni „Oldxem Athletic“ ga ijaraga berilgan. 20-noyabr kuni Barnsliga qarshi oʻyinda chempionshipda debyut qilgan. Navbatdagi „Bredford City“ga qarshi oʻyinda Nil ikkita gol urgan.

2005-2006-yilgi mavsumda Kilkenni „Birmingemga qaytgan. 2005-yil 20- sentabrda Liga kubogi doirasidagi „Skuntorp United“ "ga qarshi oʻyinda u „koʻk-anorranglilar“ safida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Muzzy Izzetning oʻrniga maydonga tushdi. Toʻrt kundan keyin, asosiy oʻyinchilarning jarohatlari tufayli Nil "Liverpool" ga qarshi Premer-liga bahsini boshlagan. „Lids“dagi ijara muddati tugaganidan keyin, Nil jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. 2009-2010-yilgi mavsumda Kilkenni jamoaga Birinchi ligada ikkinchi oʻrinni egallab, chempionatga chiqishga yordam berdi. Nil „Lids United“ tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilning yozida Nil „Melburn City“ga koʻchib oʻtdi va ikki yillik shartnoma imzoladi[1] . U A-Ligadagi debyutini 8-oktabr kuni „Vellington Feniks“ga qarshi oʻtkazgan[2]. Kilkenni „Melburn City“ safidagi ilk golini 2017-yilning 18-fevralida „Vellington Feniks“ darvozasiga kiritgan[3].

Xalqaro martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatining boshida Kilkenni Angliya va Irlandiya yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2006-yilda u Avstraliya terma jamoasida oʻynashga qaror qiladi. 7-iyun kuni Lixtenshteynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Nil Avstraliya terma jamoasi safida debyut qiladi[4].

2008-yilda Avstraliya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Kilkenni Pekin Olimpiadasida ishtirok etgan. Turnirda u Argentinaga qarshi guruh bosqichida oʻynagan[5].

2011-yilda Nil terma jamoaning Osiyo Kubogi uchun daʼvosiga kiritilgan edi[6][7]. Turnirda u Bahrayn , Oʻzbekiston , Iroq va Yaponiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Musobaqa yakunida Kilkenni kumush medalni qo‘lga kiritdi[8][9].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro yutuqlari

Avstraliya bayrogʻi Avstraliya

Xalqaro musobaqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir Davlat Natija
Osiyo kubogi 2011 Qatar Ikkinchi oʻrin

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „City Signs Australian Midfielder“ (en). Melbourne City FC (2016-yil 19-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-fevral.
  2. „Веллингтон Феникс VS. Мельбурн Сити 0:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 8-oktyabr). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-mart.
  3. „Веллингтон Феникс VS. Мельбурн Сити 1:5“ (en). soccerway.com (2017-yil 18-fevral). 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
  4. „Лихтенштейн VS. Австралия 1:3“ (en). soccerway.com (2006-yil 7-iyun). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  5. „Аргентина (до 23) VS. Австралия (до 23) 1:0“ (en). soccerway.com (10 августа 2008). 2014-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  6. „Австралия VS. Бахрейн 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 18-yanvar). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  7. „Япония VS. Австралия 0:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 29-yanvar). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  8. „Австралия VS. Ирак 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 22-yanvar). 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  9. „Австралия VS. Узбекистан 6:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 25-yanvar). 2015-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.