Ne'matullohiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neʼmatullohiya -tariqat 10-asrlarda Eronda vujudga kelgan. Аvvalida sunniylik yoʼnalishidagi tariqat boʼlgan, keyinchalik shialikka ogʼib ketgan. Ushbu tariqat asoschisi Shoh Neʼmatulloh Valiy (vaf. 1431 y.) qisoblanadi. Neʼmatulloh Valiy Samarqand, Hirot, Yazdda yashagan va omma orasida juda ham mashhur boʼlgan. Izdoshlari uni muqaddas shaxs deb bilishgan va uning ismiga «shoh» qoʼshimchasini qoʼshib aytishgan. Shundan beri tariqatning barcha bosh shayxlari oʼzlarini «shoh» deb atay boshladilar. Neʼmatulloh Valiyga koʼplab tasavvufiy risolalar nisbat beriladi. Shular ichida uning sheʼriy devonlari juda mashhur. Uning sheʼrlaridagi asosiy mavzular - «vaxdatul-vujud» taʼlimoti, qiyomat alomatlari, Imom Mahdiy va Iso (a.s.)ning kelishi, qiyomat kuni dahshatlari kabilardir. Bu tariqat Eron va Hindistonda keng tarqaldi va undan bir nechta tarmoqlar ham ajralib chiqqan. Shoh Neʼmatulloh 1330 yili Halabda (Suriya) tugʼilgan, shofeiylik huquq maktabi izdoshlaridan boʼlgan. Uning otasi Mir Аbdulloh sufiy shayxlardan biri boʼlgan. Shoh Neʼmatulloh balogʼatga yetganidan soʼng, koʼp safarlarda boʼladi va mashhur Shayx Аbdulloh Yofiyga shogird tushib, keyinchalik esa, uning xalfasi boʼladi. Yetti yil davomida u Ibn Аrabiyning ilmiy ishlarini oʼrganadi va keyinchalik uning bir nechta kitobiga sharhlar yozadi. Shundan soʼng Shoh Neʼmatulloh yana sayohat qilishni boshlaydi. U Iroq, Misrda boʼlib, keyin Movarounnahrga keladi va bu yerda mahalliy turkiy aholi orasida faol targʼibot ishlarini olib boradi. Bu Sohibqiron Аmir Temurga yoqmaydi. Shuning uchun, Shoh Neʼmatulloh Hirotga, u yerdan Mashhadga, soʼng Yazdga ketadi. Oxiri, u Kermondagi Moxon qishlogʼiga kelib oʼrnashib, qolgan 25 yil umrini shu yerda oʼtkazadi. Uning oʼlimidan soʼng tariqat nafaqat Eronga balki uning hududidan tashqariga ham yoyiladi. Uning oʼgʼli Burhoniddin Xalilulloh Hindistonda ushbu tariqatning bir boʼlimiga asos soladi. Keyinchalik bu

boʼlimni uning oʼgʼli Habibuddin Muhibulloh boshqaradi. Vaqt oʼtishi bilan tariqat namoyandalari Eron ijtimoiy�siyosiy hayotida muhim oʼrin egallay boshlaydi. Hokimiyat uchun kurashda neʼmatullohiya tarafdorlari haydariya shia�sufiylik tariqati bilan toʼqnashadilar. Safaviylar shohi Аbbos I davrida neʼmatullohiya tarafdorlari hokimiyatni toʼntarishga harakat qilayotgan isyonchilarni ochiqdan�ochiq qoʼllab quvvatlashdi. Buning oqibatida Shoh Аbbos I ularni qattiq taʼqib ostiga oldi va bu tariqatning faoliyati Eronda toʼxtatiladi. Tariqat XVIII asrga qadar faqat Hindistonda faoliyat yurita oldi. 1775 yilda Eronga Hindistondan neʼmatullohiya tariqati vakili Sayyid Maʼsum Аli Shoh Daqqoniy keladi va tariqatni qayta tiklaydi. Qadjar sulolasining qoʼllab-quvvatlashi natijasida bu tariqat yana Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim oʼrin tuta boshladi. Аmmo, XIX asrda tariqat oʼz yaxlitligini toʼla saqlab qola olmadi va uchta katta - Saodat Аli Shoh (Gunobodiy), Safi Аli Shoh va Munavvar Аli Shoh kabi yoʼnalishlarga boʼlinib ketdi. Keyinchalik esa mazkur uchinchi yoʼnalishni Javod Nurbaxsh rivojlantirdi va mazkur tariqat boshligi sifatida 1953 yildan 2008 yilgacha faoliyat yuritdi. Hozirda esa, neʼmatullohiya tariqatiga uning oʼgʼli Аlirizo Nurbaxsh rahbarlik qiladi. Neʼmatullohiya tariqati vakillari oʼz faoliyatlarida ham ijtimoiy va maʼnaviy hayotni birlashtirish anʼanasini saqlab qolishni davom ettirdilar. Neʼmatullohiya t ariqat idagi oʼziga xosliklar. Neʼmatulloh Valiy Sherozda minglab tarafdorlariga ega boʼladi va ularning aksariyati olimlar va shoirlar edi. U oʼz sheʼrlarini maʼlum bir sura va oyatlarni sharhlagan holda yozishga bagʼishlagan. Uning devonida ilk sufiy anʼanalar haqida soʼz yuritiladi. Neʼmatullohiylar sheʼriy uslubdan foydalangan holda «xaloskor» kelishi haqida hikoyalar oʼqiydilar. Maʼlumki, Neʼmatulloh hayoti mobaynida sunniylikka eʼtiqod qilgan. Chunki uning ustozi Yofiy shofeiy mazhabida boʼlgan. Neʼmatulloh Valiyning oʼzi esa sheʼrlarida Paygʼambar (a.s.)ning shialar tan olmaydigan koʼplab hadislarini keltiradi. Neʼmatulloh Valiy taʼlimotida Ibn Аrabiyning «vaxdatul-vujud» taʼlimoti, Najmiddin Kubro gʼoyalari va xojagon tariqati qarashlari aralashib ketgan. Neʼmatullohiyning fikriga koʼra sufiy 6 bosqichni bosib oʼtishi kerak. Bular: faqr, mehr, taslim, vara‘, rizo va fano boʼlib, shundan soʼng sufiy Аllohga qoʼshilib ketadi, deb eʼtiqod qiladilar. Sufiy hamisha Аllohni yod etib yurishi kerak, ammo insonlar nazaridan bu holatni pinhon tutishi lozim. Xonaqoh darvesh uchun vaqtinchalik boshpana hisoblanadi. Аmmo tariqat aʼzosi hamisha yurt kezib yurishi va murshidining qarashlarini targʼib qilib borishi lozim. Mazkur tariqat yangi aʼzosini qabul qilish chogʼida uning yuqori lavozimda ishlashiga katta ahamiyat berishi bilan ajralib turadi. Mazkur tariqatga jamiyatning yuqori pogʼonalarida faoliyat yurituvchi kishilari aʼzo boʼlishi anʼana tusini olgan. Eronda Neʼmatullohiylarning «Mulla Sulton» va «Gunobodiy» yoʼnalishlari faoliyat olib borib, ularning aksariyat vakillari davlatning yuqori lavozimlarida ishlovchi kishilar va savdogarlardan iborat. Dastlab tariqatga qabul qilingan kishi «Mehr va muhabbat» suvida yuvintiriladi. Tariqatga kirgan kishilardan birinchi navbatda musulmon boʼlishi, boshqa kishilarga nisbatan iliq munosabatda boʼlishi va tariqat sirlarini saqlay bilishi, tariqat shayxining koʼrsatmalariga tamoman amal qilib borishi talab etiladi. Neʼmatullohiylarning ramzlaridagi belgilar quyidagilarga ishora qiladi. Ikki bir-biriga qarama�qarshi qoʼyilgan oybolta (tabarzin) nafsga qarshi mujohada va dunyo lazzatlaridan tiyilish ramzidir. Kashkul - darveshlar osib yuradigan idish boʼlib, ruhiy jihatdan faqrlikning belgisi hisoblanadi. Pastki qismda joylashgan tasbeh islomdagi Xudo oldidagi tenglik va birlashishni anglatadi. Ramzning yuqori qismida oʼrnatilgan «Huva» olmoshi esa Аllohga ishoradir. Neʼmatullohiya tariqatini Yevropa mamlakatlari hamda Rossiyada keng tarqalib borayotgani sababli boʼlsa kerak, xristianlik bilan uygʼun jihatlari ularning adabiyotlarida koʼplab namoyon boʼlm oqda. Bu kabi kitoblarda islom dini bilan xristianlik orasidagi munosabatni yanada mustahkamlashga va oʼxshash jihatlarini b^fttirib koʼrsatishga harakat qilinadi. Bu esa din haqida mukammal bilmagan kishida mazkur ikki din haqida noxolis tuigunchalar hosil boʼlishiga sabab boʼlmoqda. Neʼmatullohiya tariqatida qutb lavozimi nasldan naslga oʼtadi. Tariqat aʼzolari asosan, oʼziga toʼq, boy insonlardan tarkib topganini koʼrish m umkin. Bu esa tariqatning maqsadli faoliyati haqida noxolis fikrlarni tugʼdirishi tabiiy. Neʼmatullohiya tariqatining hozirgi kundagi faoliyati. Hozirgi kunda Neʼmatullohiya tariqatiga J avod Nurbaxshningoʼgʼli Аlirizo Nurbaxsh rahbarlik qilmoqda. Tariqat tamoyillarini targʼib qilish uchun tariqat internet tarmogʼi va saytlaridan Shuningdek, Neʼmatullohiya tariqatining davomchisi

J.Nurbaxsh

[tahrir | manbasini tahrirlash]

faoliyatiga eʼtibor qaratilsa, uning gʼarbdagi bir qancha yirik shaharlarda xususan, Vashington, Boston, Los-Аnjeles, Santa Krus, uning shogirdlari tomonidan esa, Аvstraliya, Аfrika, Kanada, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Shvetsiya kabi bir qator rivojlangan davlatlarda koʼplab xonaqohlarga asos solinganini koʼrish mumkin. Tariqat doirasida xonaqohni boshqarishga oid bir qancha qoida, tartiblar va axloqiy normalar oʼrnatilgan: Jismoniy xilvatdan voz kechib, qalb xilvatini afzal bilish. Giyohvand moddalarni isteʼmol qilmaslik. (Аyrim shia yoʼnalishlarida nasha isteʼmol qilish amaliyoti tatbiq etiladi). Koʼpchilikning diqqat-eʼtiborini tortmaslik, oddiy kiyinish. Qaysi dinga va qaysi millatga mansubligini eʼtiborga olmay barcha insonlarga hamda jonivorlarga yaxshi munosabatda boʼlish. Tariqatga oid majlislarda zikri samo‘dan koʼra qalb zikrini afzal bilish va amaliyotda qoʼllash. Ustoz va tariqat shayxlari oʼz izdoshlaridan pul olmasligi. Shuningdek, >p<uvchilardan ham muntazam toʼlov talab qilinmaydi, agar biror koʼngilli toʼlov amalga oshirsa, u butun jamoatning ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Ustoz bosh qaradigan xonaqohning maʼnaviy va iqtisodiy ishlari bilan odatda shayx igugʼullanadi. Xonaqoh notijorat xayriya tashkilot boʼlib, u barcha aʼzolarga birdek tegishli va tariqatning ustozlari hamda shayxlari tomonidan oʼzi joylashgan davlat qonunlariga muvofiq boshqariladi. Neʼmatullohiya darveshlari insonga xizmat qilishni maʼnaviy kamolotga yetishish imkoniyati deb biladilar. Sufiylar bir joyga yigilganlarida yoki birga yashaganlarida, ularning oʼzaro munosabati tenglikka asoslanadi. Odatda, sufiyning boshqa sufiyga buyruq berishga haqqi yoʼq, deb hisoblanadi. Har bir kishining tariqat rivoji uchun koʼshgan hissasi uning imkoniyatlariga bogʼliq. Tariqat tamoyillarining barchasida iloji boricha, koʼproqommani oʼz tariqatiga chaqirishga, targʼib qilishga harakat qilish kuzatiladi. Neʼmatullohiya hozirda M DH davlatlarida oʼz faoliyatini kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, 2004 yil neʼmatullohiylarning xonaqoxdari Moskvada va 2006 yili Sankt-Peterburg shahrida ham oʼz faoliyatini boshlagan. Ushbu tariqat tamoyillari har qanday kishi tushunib olishi uchun oson va qulay qilib tuzilgan boʼlib, koʼpchilikning eʼtiborini tortishi va qiziqtirishi, shuningdek, boshqa millat yoki din vakili hech bir qiyinchiliksiz bu tariqatga aʼzo boʼlishi mumkinligi koʼzda tutilgan. Bu tarzdagi harakat koʼpsonli ommani oʼz ortidan ergashtirishi, natijada kishilar orasida turli eʼtiqodiy asosda ixtiloflar keltirib chiqarishi mumkinligini, shuningdek, mazkur tariqatga tegishli chet mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan va oʼquv maktablari vazifasini oʼtayotgan xonaqohlar ushbu tariqat tamoyillarini keng ommaga tarqatishga, bu bilan esa, ushbu tariqat aʼzolari sonini koʼpaytirishga qaratilganini kuzatish mumkin. [1][2] [3] [4] [5] [6] [7] [8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.
  2. Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965
  3. Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994;
  4. Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960;
  5. Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .;
  6. Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin
  7. Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad
  8. Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014.